So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

29 jan 09:37
Yangiliklar

MOQ rahbari Tezkor shtab vakillari bilan uchrashdi

Teglar :  Tezkor shtabMOQ
Terma jamoalarimizni Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga har tomonlama puxta tayyorlash maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qoshida Tezkor shtab tuzilgan.

Ushbu tuzilmaga sport sohasida ulkan tajribaga ega bo'lgan malakali xodimlar jalb qilingan bo'lib, ular terma jamoalarimizning tayyorgarligi, mashg'ulotlar jarayoni kabi faoliyat turlarini tahlil qilib borishadi. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Tezkor shtab vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda, shuningdek, MOQ raisi o'rinbosari, Tezkor shtab rahbari SHerzod Tashmatov va shtabning boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni MOQ raisi olib bordi va oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida gapirib o'tdi.

“Tokio Olimpiadasiga ham kun sayin oz vaqt qolmoqda. Hademay licenzion musobaqalar ham boshlanadi. SHu bois terma jamoalarimizni ushbu turnirlarga har tomonlama puxta tayyorlash oldimizda turgan ustuvor vazifadir. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan jamoalarimizning Tokio Olimpiadasigacha bo'lgan barcha moliyaviy masalalari ijobiy hal qilingan. Bizdan o'z ishimizga masuliyat va temir intizom bilan yondashish talab qilinadi. Zero, xalqimiz va Prezidentimiz bizdan ulkan g'alabalar kutmoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Suhbatda sportchilarimizni qiynayotgan ijtimoiy va boshqa masalalarni o'rganish, mashg'ulot jarayonining reja bo'yicha olib borilayotganini nazorat qilish, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish masalalariga ham to'xtalib o'tildi. O'z navbatida, SHerzod Tashmatov MOQ raisini shtab vakillarining faoliyati, ularning ish dasturlari bilan tanishtirdi. Yig'ilish davomida sport turlari bo'yicha biriktirilgan shtab xodimlarining ish rejalari tahlil qilinib, qo'shimcha takliflar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing