So’nggi yangiliklar

07:22Юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига тайёргарликни Владикавказда олиб боришяпти 0 07:01Шавкат Раҳмоновнинг кейинги рақиби Нурсултон Рўзибоевнинг жамоадоши бўлиши мумкин 0 18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0

16 iyu 07:23
Yangiliklar

Og'ir atletika

MOQ rahbariyati Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidentini qabul qildi

Ertaga poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

Ushbu musobaqaning faxriy mehmoni sifatida yurtimizda bo'lib turgan Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti (IWF) Muhammad Jalud va Osiyo og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Mana bugun MOQga tashrif buyurishdi.

Martabali mehmonlarni Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov qarshi oldilar. SHuningdek, ularga Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov hamrohlik qildi. Mehmonlar o'zbek sportining boy tarixi bilan yaqindan tanishichgach, o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

SHerzod Tashmatov janob Jaludni IWF prezidenti sifatida Toshkentda qarshi olayotganidan mamnun ekanini bildirar ekan, kelajakda Osiyo va Xalqaro og'ir atletika federaciyalari bilan yo'lga qo'yilgan do'stona aloqalarni shunday ruhda davom ettirishdan mamnun bo'lishini takidladi. 

O'z navbatida, Muhammad Jalud o'zbek sporti, xususan, og'ir atletikasi jahonda o'z o'rniga ega bo'lib borayotgani, mamlakatimizning so'nggi yillarda yirik sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishi Toshkentning ushbu sport poytaxtiga aylanganiga alohida to'xtaldi.

Suhbat davomida SHahrullo Mahmudov O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining yangi rejalari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning keyingi bosqichlari xususida to'xtaldi. SHuningdek, u oldinda turgan musobaqalar Parij-2024 Olimpiadasiga nomzod yoshlarimizni sinovdan o'tkazib olish uchun qulay imkoniyat bo'lishini qo'shimcha qildi.

Uchrashuv davomida Azizjon Kamilov ham Muhammad Jaludni IWF prezidentligiga saylangani bilan tabriklab, Qo'mita mehmonlarini oktyabr oyida mamlakatimizda o'tadigan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga taklif qildi.

SHuningdek, Muhammad Yusuf Al Mana ham suhbatda o'rtaga tashlangan takliflarni qo'llab-quvvatlab, kelgusida o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo'yicha fikrlarini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing