22 avg 07:22
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchilarimiz Jahon chempionatiga tayyorgarlikni Vladikavkazda olib borishyapti
Bu haqda O'zbekiston MOQ axborot xizmati xabar berdi.
"SHu kunlarda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Rossiya Respublikasining Vladikavkaz shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Mazkur yig'in Rustam Assakalov boshchiligidagi jamoamizga kelasi oy o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Rejaga ko'ra, mashg'ulotlar 23 avgustga qadar davom etadi. Yig'inda Rossiya, Serbiya, SHveycariya, Italiya, Daniya va Belgiya terma jamoalari ishtirok etmoqda", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar