22 avg 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkat Rahmonovning keyingi raqibi Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi bo'lishi mumkin
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi SHavkat Rahmonovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Xabar berilishicha, Rahmonov 22 noyabr kuni Qatarda tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik SHon Brediga qarshi oktagonga chiqishi kutilyapti. Hozirda bu jang bo'yicha muzokaralar davom etayotgani aytilmoqda.
SHavkat joriy hafta avvalida UFC'ning P4P reytingiga kiritildi. U yarimo'rta vazn toifasida titul uchun davogar hisoblanadi.
Malumot o'rnida, 30 yoshli SHavkat Rahmonov faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan. 32 yashar SHon Bredi hisobida esa 18 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor. SHon o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi hisoblanadi.
Havola :
Manba : Спорт Шредингера
Fikrlar