So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

15 dek 12:59
Yangiliklar

Qilichbozlik

MOQ raisi tog'da yig'in o'tkazayotgan jamoaning tayyorgarligidan xabar oldi

Teglar :  QilichbozlikMOQ
Ayni paytda qilichbozlikning sablya va rapira yo'nalishi bo'yicha terma jamoamiz vakillari Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi bazada o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bormoqda.

MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov federaciyaga tashrif buyurib, Yangiobodda yig'in o'tkazayotgan jamoalarimiz bilan onlayn bog'landi va yaqin rejalarni muhokama qildi.

Onlayn uchrashuv davomida yig'in o'tayotgan joydan terma jamoamiz murabbiyi, 3 karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Vladimir Nazlimov suhbatga qo'shildi.

«Davlatimiz yuqori natijaga erishishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Biroq Parij-2024 tayyorgarligi avvalgilaridan butkul farq qiladi. Avval takidlanganidek, jamoamizga biror bir xalqaro musobaqaga ketishidan oldin malum vazifa beriladi. Yoshlarimiz Jahon kubogi bosqichlarida nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi. Endi shu tempda ularni Parij-2024 Olimpiya o'yinlari sari tayyorlashda davom etamiz», – dedi MOQ rahbari.

Rustam SHoabdurahmonov murabbiylarimiz bilan reja bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida gaplashar ekan, sportchilarning jismoniy holatini kuchaytirish bo'yicha topshiriq berdi. 

SHuningdek, hozirda butun dunyoda keng tarqalayotgan koronavirusning yangi shtammidan sportchilarimiz saqlash maqsadida sport bazalarida nazoratni kuchaytirish haqida qatiy takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing