So’nggi yangiliklar

08:53US Open. Карлос Алькарас - Новак Жокович баҳсида илк финалчи аниқланди 0 08:32Ўзбекистон хоккей терма жамоаси NHL 09 компютер ўйини дастурига киритилади 0 08:11Тимур Кападзе: "Менинг термадаги тақдирим бўйича жавобим йўқ" 0 01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0

06 dek 09:07
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ vakillari Saudiya Arabistonida

Ayni kunlarda Saudiya Arabistoni poytaxtida SHarqiy, Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Olimpiya birdamligi hamda Osiyo Olimpiya kengashining mintaqaviy forumi bo'lib o'tmoqda.

Unda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi O'yinlar departamenti direktori Toshio Curunaga va Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o'yinlari Bosh direktori Haydar Farmon boshchiligidagi mutaxassislar, mintaqa MOQ vakillari qatori O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi xodimlari ham ishtirok etishyapti. 

Forumda kelasi yil Osiyo qitasida o'tadigan yirik kompleks musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik, har bir mezbon davlatning qonunlaridan kelib chiqqan holda musobaqa tashkiliy qo'mitasi tomonidan belgilanayotgan talablar xususida batafsil malumot berilmoqda. 

Qayd etish joiz, bizni 2023 yil yil 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo o'yinlari, 17-26 noyabr kunlari esa Tailandning Bangkok hamda CHonburi shaharlarida Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari va boshqa musobaqalar kutib turibdi. 

Tadbir davomida har bir O'yinlarning tashkiliy qo'mitasi vakillari musobaqalar haqidagi yangi malumotlar, reglamentdagi o'zgarishlar bo'yicha batafsil axborot bermoqdalar. SHuningdek, Forumda Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi vakillari uchun ham alohida navbat berildi. Evropalik mutaxassislar unda onlayn ishtirok etib, har bir delegaciya uchun qo'yilayotgan talablar haqida malum qilishdi.  

Kun tartibiga muvofiq, Forumda kompleks musobaqalarga tayyorgarlikdan tashqari mintaqada Olimpiya harakati targ'ibotini yanada kuchaytirish, atletlarning huquqlarini muhofaza qilish, tashkilotning moliyaviy hisob-kitoblari bo'yicha ham maruza qilinmoqda. SHuningdek, hamyurtlarimiz bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik yuzasidan xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing