06 sen 08:53
Yangiliklar

US Open. Karlos Alkaras - Novak Jokovich bahsida ilk finalchi aniqlandi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras 1/2 finalda ATP reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan serbiyalik afsona Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Karlos nomdor raqibini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/6(4), 6/2.
Ispaniyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda hamon ortda qolmoqda, lekin tafovutni minimal darajaga tushira oldi - 4:5. Alkaras 7, Jokovich 4 ta eys zarbasini amaoga oshirgan. Qo'shxatolar Novakda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa g'olib tennischi foydasiga - 4 ga 1.
Karlos faoliyatida ettinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining finaliga chiqdi. Ikkinchi bor esa US Open finalida bosh sovrin uchun o'ynaydi. Alkaras mavsumdagi 60-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu yil hisobidan 6 ta mag'lubiyati bor. So'nggi 37 uchrashuvdan 36 tasida zafar quchdi.
Fikrlar