22 avg 14:01
Yangiliklar

O'zbekiston figurali uchish bo'yicha qishki Olimpiada saralashi uchun qo'shimcha kvotasidan foydalanmadi
Unda ishtirok etuvchi O'zbekiston delegaciyasi hozircha 2 ta yo'llanmaga ega chiqqani haqida malum qilgandik. Yo'llanmalardan biri figurali uchishning juftlik yo'nalishida, ikkinchisi esa tog' chang'isi sport turi bo'yicha qo'lga kiritilgan.
Figurali uchuvchilarimiz Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigiryov Jahon chempionatidagi ishtiroki orqali delegaciyamizga ilk imkoniyatdayoq yo'llanma taqdim etgandi. SHu munosabat bilan O'zbekiston MOQqa ushbu sport turining juftlik yo'nalishida licenzion turnir uchun yana bir yo'llanma ajratilgan edi.
Biroq Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladigan licenzion turnir ishtirokchilari ro'yxatiga nazar tashlasak, O'zbekiston terma jamoasi azolari yo'q ekanini ko'rishimiz mumkin. Bundan O'zbekiston MOQ qo'shimcha kvota imkoniyatidan foydalanmaganini bilish mumkin.
Fikrlar