So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

15 dek 13:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev: 2022 yildagi asosiy maqsadim – 4 ta kamarni birlashtirish

Murodjon Ahmadaliev kelasi yildagi rejalari bilan o'toqlashdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi respublika chempionatining final bahslari bo'lib o'tdi. Sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimida prof bokschimiz Murodjon Ahmadaliev ham ishtirok etdi. Biz fursatdan foydalanib Ahmadalievni suhbatga tortdik. Bokschimiz kelasi yilgi rejalar, 17 dekabrdagi boks oqshomi va albatta O'zbekiston chempionatidagi raqobat haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Bu yil men uchun unumli yil bo'ldi. Kamarlarimni himoya qilib yana super chempionlik kamarini qo'lga kiritdim. Bundan juda xursandam. Bularning barchasi uchun Allohga shukur qilaman. 2022 yilda nechta jang o'tkazmoqchiman? Keyingi yildagi asosiy maqsadim – 4 ta kamarni birlashtirish. Janglar soniga keladigan bo'lsak, buni biroz vaqt o'tganidan keyin bilib olamiz. 

17 dekbar kuni muxlislar uchun ajoyib boks oqshomi bo'lib o'tadi. CHunki, O'zbekistonning eng kuchli bokschilari ringga chiqadi. Ularning imkoniyatini yuqori baholayman. Odam qilgan ishni odam qila oladi. SHuncha mehnat qilishdi, endi buni ringdagi harakatlari bilan ko'rsatishlari kerak.

Mendan keyin qaysi bokschi chempionlik kamarini qo'lga kiritadi? Hozircha, Isroil Madrimov va Bektemir Meliqo'ziev jahon chempionlik kamarlariga intilyapti va juda yaqin turibdi.

O'zbekiston chempionatidagi raqobat haqida gapiradigan bo'lsak, o'zbek boksi avvaldan kuchli bo'lib kelgan. Janglarni ko'rdingiz, jahon chempionati sovridorlari, Olimpiada ishtirokchilari ham engilyapti. CHempionat darajasini shundan ham bilish mumkin. Bizning ortimizdan yangi Olimpiada chempionlari etishib chiqib bayrog'imizni ko'tarsa, bundan ham xursand bo'lamiz. Biz yosh ukalarimizga qo'limizdan kelganicha yordam berishga tayyormiz. Bugun shohsupaga ko'tarilgan barcha bokschilarimizni tabriklayman», - dedi MJ KAKA Ahmadaliev.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
15 dek 13:55:34
Farhod_ bek1990
Buning uchun hali ancha o'z ustinda ishlashing kerak Murodjon.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing