So’nggi yangiliklar

01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:18Боксчиларимиз иштирокидаги Жаҳон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

19 may 09:08
Yangiliklar

Tennis

Nadal keyingi yil faoliyatini yakunlamoqchi

Teglar :  Rafael Nadal
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra chempioni Rafael Nadal 2024 yilda faoliyatini yakunlaydi.

“"Rolan Garros"da o'ynay olmayman. O'zingizga malumki, men so'nggi bir necha oy davomida har kuni juda qattiq ishladim, lekin Avstraliyada paydo bo'lgan muammoga echim topa olmadim. Bugun men "Rolan Garros"da o'zimga kerakli tennis standartini ko'rsatishga tayyor emasman.

Ikkinchidan, oxirgi bir necha yil natijalar bo'yicha juda yaxshi bo'ldi – bir nechta "Katta Dubulg'a" turnirlarida, bir qancha muhim turnirlarda g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldim. Lekin ishim menga yoqmadi.

Pandemiyadan keyin tanam kundalik ishlarga bardosh bera olmadi, shuning uchun mashg'ulot va turnirlardan zavqlana olmadim. Jismoniy muammolar tufayli tez-tez tanaffus qilishimga to'g'ri keldi, og'riq bilan mashq qildim. SHuning uchun ham men tanaffus qilishim kerak.

Kortga qachon qaytishim mumkinligini bilmayman. Balki bir yarim oy, balki ikki, balki to'rt oylik tanaffus qilarman. Men his-tuyg'ularimga ergashaman, tanamga foyda va menga baxt keltiradigan narsalarni amalga oshirishga harakat qilaman.

Maqsadim va xohishim keyingi mavsumdan zavq olish uchun hozir to'xtash, ehtimol bu mening professional faoliyatimdagi oxirgisi bo'lishi mumkin. Bu amalga oshishiga 100 foiz kafolat bera olmayman. Ammo niyat shu.

Men va faoliyatim uchun muhim bo'lgan barcha turnirlar bilan xayrlashmoqchiman. Men kurashishni va shu daqiqadan zavqlanishni xohlayman. Hozir bu imkonsiz. Ammo ishonamanki, agar hozir tanaffus qilsam, kelasi yili menda shunday imkoniyat bo'ladi", - dedi Nadal matbuot anjumanida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing