So’nggi yangiliklar

17:29UFC Abu-Dhabi. Ўзбекистонлик спортчи жанг қиладиган турнир карди билан танишинг 0 17:06Таэквондочиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишяпти 0 16:43Чемпионлик камарига Шаҳрам Ғиёсов даъвогарлик қилаётган Роландо Ромеро Пакьяо билан жанг қилиши мумкин 0 16:20"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди 0 16:18Абдураҳим Нутфуллоев Ulaanbaatar Grand Slam 2025 чемпиони! 0 15:59Мераб Двалишвили: "Россия ва Грузия рақобати спортдан ҳам каттароқ нарса. Доимо" 0 15:37Эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича U-17 Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ 0 15:15Барча жанглар ўз кучида! UFC Абу-Даби турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 14:52"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди 0 14:31UAE Warriors 62. Чемпион Бойназаровда ғалаба, Боймирзаевдачи? 0 14:08Қиличбоз Муса Аймуратов Жаҳон чемпионати саралашидан ўтиб олди 0 13:47Ёзги Универсиада: Бугундан академик эшкак эшувчиларимиз баҳсларга киришяпти (Тўлиқ рўйхат) 0 13:26Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди 0 13:03Эдди Хирн: "Усик фаолиятини якунлаши керак" 0 12:39Богдан Гусков вазн ўлчаш маросимидан ўтиб олди, эртага жанг! 0

01 fev 18:57
Yangiliklar

Futbol

O'FA va O'zDJTSU rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Futbol
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida O'FA rahbariyati hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda tomonlar ilmiy, o'quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o'zaro tajriba almashish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida maruza-seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish to'g'risida fikr almashdilar.

Uchrashuvda mutaxassis va professor-o'qituvchilarning o'zaro tajriba almashishlarini yo'lga qo'yish, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni mashg'ulotlarga jalb etish, universitetning iqtidorli talabalari orasidan istedodli futbolchilarni saralab olish, hakam, selekcioner va murabbiylikka iqtidori bor yoshlarga talim berish va sohaga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

SHuningdek, suhbat davomida futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy-metodik va innovacion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida etuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo'yicha O'FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ham faoliyat ko'rsatayotganligi, kelishuv ikkala tomon uchun ham manfaatli bo'lishi takidlandi.

Universitetning «Futbol» kafedrasi professor-o'qituvchilarini associaciyaning xalqaro o'quv kurslariga murabbiylar talimi bo'yicha instruktor yoki instruktor assistenti sifatida jalb qilish va tinglovchilarning bilimlarini takomillashtirish maqsadida futbolga zamonaviy, ilmiy-tahliliy materiallar joriy etish, ular ustida birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida O'FA hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risida Memorandum imzolandi. Unga ko'ra, tomonlar O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, Universitet talabalaridan yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini o'tkazishda ishtirok etadiganlarini saralash hamda ular «S» toifa sertifikatlarini olishi uchun ularni qo'llab-quvvatlash borasida yaqindan hamkorlik qiladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing