So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

18 sen 17:01
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston Kubogi ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Og'ir atletika
Yuzdan ziyod o'g'il bolalar va etmishga yaqin qizlar ishtirok etishi kutilayotgan musobaqada yurtimizning eng kuchli hamda terma jamoaga nomzod atletlari supachaga ko'tariladi.

Erkaklar -55 kgdan 109+ kg vaznlilar hamda ayollar o'rtasida -45 kgdan 87+ kg vazn toifasigacha sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi. 

Musobaqa ochilish marosimida O'zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari vakili Bahodir Tadjiev, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHaxrillo Mahmudov, og'ir atletika faxriylari va ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi. 

O'zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari vakili Tadjiev Bahodir Muhitdinovich so'zga chiqib, yurtimizda og'ir atletika sporti rivoji uchun qilinayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar va bundan keyin amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar haqida fikr bildirdi.

SHuningdek, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Maxmudov SHaxrillo SHaripovich so'zga chiqdi. 

"Bugun mana Tokio Olimpiadasidan keyingi dastlabki musobaqada ko'rishib turibmiz. Yangi cikl boshlanmoqda. Ortda qolgan Olimpiadada yurtimiz sharafini 4 nafar og'ir atletikachi himoya qilgan bo'lsa, ularning uch nafari kasaba uyushmalari azosi hisoblanardi. SHu sababli, fursatdan foydalanib, uyushma azolariga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Akbar Jo'raevning g'alabasi nafaqat sportchi, O'zbekiston og'ir atletika terma jamoasi, balki barchamizniki. 

Umid qilib qolamiz, bugun mamlakat kubogida supachaga ko'tarilayotgan yosh sportchilarimiz ichidan ham Parijda bo'ladigan kelgusi Olimpiada g'olib va sovrindorlari chiqadi. Rioda oltin medalni qo'lga kiritdik, Tokioda ham oltinga ega chiqdik. SHuning uchun, Parijda kumush olsak ham natijamizdan qanoatlanishmaydi. Ammo Olimpiadada har qanday medal shunchaki qo'lga kiritilmasligini ham takidlab o'tmoqchiman. Bir nafar sportchi bu darajaga ko'tarilguncha, qanchadan-qancha inson mehnat qiladi.

Barchangizni ko'rib turganimdan yana bir bor xursandman. O'ylaymanki, Kubok bahslari murosasiz kurashlar ostida o'tadi va ko'plab quvonarli lahzalarga sabab bo'ladi", - dedi SHaxrillo Maxmudov.  

SHuningdek, tadbir davomida Tokio olimpiadasi chempioni Akbar Jo'raev, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari Bahrom Mendiboev va Erjas Boltaev hamda sportchining birinchi murabbiyi Farxod Mirzajonovga milliy zar to'nlarimiz kiydirildi.  

Tadbir so'ngida mamlakat madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb elon qilindi. 

Eslatib o'tamiz, og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari CHirchiq shahrida bo'lib o'tadi va 20 sentyabrga qadar davom etadi. 

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing