So’nggi yangiliklar

13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0 12:57"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди 0 12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси келажаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0

21 apr 07:26
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Madinabonu Jo'raeva Osiyo chempionatida chiqish qildi

Teglar :  Og'ir atletika
Kecha Toshkentdagi Osiyo chempionatida ayollar o'rtasida -64 kg vazn toifasi "A" guruhi vakillari chiqish qilishdi.

Ushbu vazn toifasida yosh umidli sportchimiz Madinabonu Jo'raeva yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Nafaqat o'z vaznida, balki chempionat ishtirokchilari ichida eng yoshlaridan biri bo'lgan Madinabonu o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi desak mubolag'a bo'lmas. Dast ko'tarishda sportchimiz 82 kg og'irlikni ko'targan bo'lsa, siltab ko'tarishda 100 kg natijani qayd etdi. Jo'raevaning chiqishlaridan kelib chiqib, ishonch bilan aytish mumkinki Madinabonu hali katta arenalarda o'z so'zini aytadi va kelajakda xalqaro musobaqalar g'olibasiga aylanadi. 

G'oliblik esa Xitoy Taypey vakilasi CHen Ven Xueyga nasib qildi. CHen Ven har ikki yo'nalishda ham raqibalarini ortda qoldirib, ishonchli tarzda birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rin uchun esa kurash filippinlik Andro Elrin hamda janubiy koreyalik Xan So Jin o'rtasida kechdi. Dast ko'tarish mashqidan keyin koreyalik sportchi raqibasini 2 kgga ortda qoldirayotgan va o'zi 2-pog'onada edi, biroq siltab ko'tarishda Andro Elrin 119 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi va ikki kurash hisobida kumush medalga ega chiqdi.  

SHu o'rinda yaponiyalik Yoshida Akanening chiqishlarini alohida tilga olish zarur. Sababi Yaponiya vakilasi dast ko'tarishdan keyin etakchidan 6 kgga ortda qolayotgan va Xitoy Taypey, Janubiy Koreya sportchilari bilan tengma-teng kelayotgandi. Biroq siltab ko'tarishdagi omadsizlik (uchala imkoniyatda ham 118 kg tosh bo'ysunmadi) sabab Yoshida uyiga quruq qo'l bilan qaytadigan bo'ldi.  

Madinabonu Jo'raeva Osiyo CHempionati2

 Madinabonu Jo'raeva Osiyo chempionati 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing