So’nggi yangiliklar

18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0

13 may 21:05
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina graffiti o'zgarganiga munosabat bildirdi

Teglar :  Oksana CHusovitina
Xabar berganimizdek, Oksana CHusovitinaning Toshkentdagi graffitini muallif ruxsatisiz o'zgartirib qo'yishgandi.

Unda gimnastik libosning o'rniga yubka "kiydirishgan" va bayroqni ham o'zgartirishgandi.

Oksana CHusovitina Instagram sahifasi orqali ushbu holatga o'z munosabatini bildirdi:

"Hurmatli do'stlar va muxlislarim! Men sizning har biringizni chuqur qadrlayman va hurmat qilaman va har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlovchi so'zlaringizni eshitishdan juda xursandman. 8-Olimpiadamda qatnashib, Yaponiyadan qaytib kelganimdan so'ng, CHilonzor tumanidagi turar-joy binolaridan birining fasadida muallifi @Inkuzart bo'lgan noodatiy art-obekt paydo bo'ldi. Bu men uchun ham, chiqishlarimni kuzatib boradigan barcha uchun yoqimli va ajablanarli bo'ldi. Bilaman, bu rasm katta rezonansga sabab bo'ldi va yurtdoshlarimiz tomonidan juda ko'p ijobiy fikrlar oldi. Lekin, afsuski, jamiyatimizda hali ham mamlakatimizning turli sohalarida, xususan, sanat va sportda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlarga yot, bilimsiz, “kaltafahm” fuqarolar ham uchrab turibdi, aftidan, bu jamoat ahamiyatiga ega bo'lgan obektlarga zarar etkazish va buzish, tahqirlash va yo'q qilishdir. Men rasmim bilan qilingan ishlarni faqat vandalizm deb atashim mumkin. SHahar hokimiyati mening gimnastik kiyimimga yubka qo'shilgan rasmning buzilgan joylarini tuzatishga qaror qildi. SHaxsan menga Toshkent shahar hokimligidan qo'ng'iroq qilishdi va bo'lgan voqeani aytishdi. Bunday etibor uchun juda minnatdorman. Men esa beparvo fuqarolarga o'z-o'zini barkamol rivojlantirishga intilishlarini, ko'proq mumtoz va ilmiy adabiyotlarni o'qishlarini, sport bilan shug'ullanishlarini va manaviy jihatdan yuksalishlarini tilayman",-deya post qoldirdi CHusovitina.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing