So’nggi yangiliklar

19:56Волейбол. Йигитларимиз 4-турда Аргентинага имкониятни бой беришди 0 19:09Чендлер нима учун Топурия Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини айтди 0 18:48ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади" 0 18:24Де Риддер: "30 кун соҳилда дам оламан, сўнгра Чимаев ва дю Плессини мағлуб этаман" 0 18:01Царукян ММА билан шуғулланиш учун дунёдаги энг яхши жой қаерда эканлигини айтди 0 17:39"Қасос олишни хоҳлайман" — Холлоуэй Топурияга қарши жангни истамоқда 0 17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0

24 fev 13:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olimjon Hikmatov: "Asosiy vazifa - Osiyo o'yinlariga kuchli tarkib bilan borish!"

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha reyting turniri boshlandi.

Ushbu musobaqaning har uchchala yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Kecha yunon-rum va ayollar kurashi terma jamoamiz Turkiyaga jo'nab ketgan bo'lsa, bugun erkin kurashchilarimiz ham Istanbulga yo'l oldilar. Olimjon Hikmatov murabbiyligidagi erkin kurashchilarimiz Toshkent viloyatining Dukent shaharchasidagi "Yangiobod" sport majmuasida bo'lajak turnirga so'nggi tayyorgarlik mashg'ulot yig'inini o'tkazishdi. Biz safar oldidan terma jamoa bosh murabbiyidan intervyu oldik.

- Olimjon aka, Istanbuldagi reyting turniriga tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi? 

- Dukentda tashkil etilgan ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inimiz ko'ngildagidek o'tdi deya olaman. Avvaldan belgilab olingan rejamiz bo'yicha kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni o'tkazdik. O'quv-mashg'ulot yig'inida kengaytirilgan tarkibdagi kurashchilarimiz ishtirok etdi. Tog'li hududdagi mashg'ulotlarimizda asosiy etibor sparring, jismoniy tayyorgarlik, chidamkorlikka qaratildi. 


- Turkiyadagi reyting turniriga boradigan tarkibni aniqlab olish siz uchun qiyin bo'lmadimi? 

- Dekabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining 6 ta olimpiya vazn toifasida chempion bo'lgan kurashchilar haqli ravishda Turkiyaga ketyapti. 125 kg vaznda ikki kurashchimiz Istanbuldagi musobaqada qatnashadi. Sardor Xolmatov O'zbekiston chempioni bo'lgan. 13 fevral kuni ushbu vazndagi etakchimiz Hasanboy Rahimovning ikki yillik diskvalifikaciya muddati yakunlandi va u endi bemalol ichki va xalqaro musobaqalarda ishtirok eta oladi. Lekin O'zbekiston chempionatida qatnashmagani sababli u Turkiyaga Navoiy viloyati mablag'i hisobidan ketyapti. Bu vaznda ikki kurashchimizdan qay biri yaxshiroq natija ko'rsatsa, bir yarim oydan so'ng o'tkaziladigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi. 


- 65 kg vaznda Turkiyadagi reyting turnirida bir yo'la 3 nafar kurashchimiz gilamga chiqar ekan. Buning sababini qanday izohlaysiz?

- Bu vazn bizda ancha raqobatbardosh hisoblanadi. Birinchi bo'lish uchun davogarlar etarli. SHu boisdan ham ularning hammasiga ham imkoniyat taqdim etiladi. Ularning qay biri yaxshi natija ko'rsatsa, Osiyo chempionatiga boradi. Qolaversa, bu yil katta musobaqalardan Osiyo o'yinlari va Islom Birdamlik o'yinlari bor. Kimdir Osiyo chempionatiga borsa, yana kimdir Islom Birdamlik o'yinlarida qatnashadi. Nodir Rahimov va Umid Jalolov istedodli kurashchilar. Asosiy vazifamiz Osiyo o'yinlariga kuchli tarkib bilan borish. 


- Turkiyadagi turnirdan qanday natija kutyapsiz? 

- Yilning dastlabki reyting turniriga bo'lgan qiziqish yuqori. Juda kuchli musobaqa bo'lib, dunyoning eng kuchli kurashchilari Istanbulga kelyapti. SHu kunlarda Bolgariyada o'tkazilgan musobaqagi ishtirokchi davlatlar o'zlarining 3-4 tarkiblarini olib kelishgan edi. Istanbuldagi reyting turnirida AQSH, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Gruziya kabi nomdor mamlakat terma jamoalari qatnashadi. Ochig'ini aytaman, Turkiyada hech kimga oson bo'lmaydi. Bekzod Abdurahmonov 74 kilogramm vaznda 86 kiloga ko'tarildi. Birinchi xorij musobaqasida qatnashadi. Moslashib ketishi uchun vaqt kerak bo'ladi. G'ulomjon Abdullaev ham 57 emas, 61 kg vaznda gilamga chiqadi. 

Turkiyaga yo'l oladigan tarkib:

61 kg: G'ulomjon Abdullaev

74 kg: Asomiddin Hasanov 

65 kg: Umidjon Jalolov

65 kg: Abbos Rahmonov

65 kg: Nodir Rahimov

86 kg: Bekzod Abdurahmonov 

97 kg: Muhammadrasul Rahimov 

125 kg: Hasanboy Rahimov

125 kg: Sardor Xolmatov 

Murabbiylar - Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing