So’nggi yangiliklar

14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0 13:23Расман: UFC турнирлари эндиликда мамлакатимиз ҳудудида ўзбек тилида намойиш этилади 0 13:02Мукофот жамғармаси 6 млн доллар бўлган турнир иштирокчилари тасдиқланди 0 12:41Модрич "Реал"га қайтиши мумкин 0 12:20Хамзат Чимаев — Оқ уйдаги эҳтимолий жанг ҳақида: "Мени депорт қилиб юборган бўлишарди" 0 11:59"Конор агар тўлиқ тайёргарлик кўрганида Хабибни ютарди" - Лобов 0 11:37Чимаев дю Плессига қарши беш раундлик жангга тайёр 0 11:15Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда 0 10:54Осиё чемпионати: Бугун U-19 ёш тоифасидаги ярим финал баҳслари ўтказиляпти, унда 12 нафар боксчимиз иштирок этади (Жонли эфир) 0 10:33Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё кубогига Хитойда тайёргарлик кўришяпти + ФОТО 0 10:12"Бу жуда муҳим". Бивол Кроуфордга Канело устидан ғалаба калитини айтди 0 09:51"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит? 0

06 apr 23:56
Yangiliklar

Dzyudo

Osiyo Kubogining tantanali ochilish marosimi yorqin lahzalarga boy bo'ldi FOTOGALEREYA

Teglar :  Uchqun Murodov
Ikkinchi kundirki, poytaxtimiz dzyudo bo'yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

O'smirlar va yoshlar o'rtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqaning bugun tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Muxlislar bilan to'lgan "Universal" sport saroyidagi ushbu tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Bosh referi direktori Armen Bagdasarov hamda o'zbek dzyudosining qator nomdor vakillari hozir bo'lishdi. Tadbirni Azizjon Kamilov tabrik so'zi bilan ochib berdi.

"1995 yildan beri o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqaning yosh dzyudochilar faoliyati va hayotida tutgan o'rni beqiyos. Kattalar terma jamoasiga yo'l aynan shu kabi musobaqalardan boshlanadi. Turli yillarda Eldos Smetov, Asxat Jitkeev, Maksim Rakov (barchasi Qozog'iston), Yuriy Krakoveckiy (Qirg'iziston), Rishod Sobirov, Abdulla Tangriev, Ramziddin Saidov, Davlat Bobonov singari Olimpiada hamda jahon chempionati g'olib va sovrindorlari aynan Uchqun Murodov turnirida ishtirok etishgan. Bu yilgi musobaqada qatnashayotgan yosh dzyudochilar orasidan ham yillar o'tib Olimpiada shohsupasiga ko'tariladigan sportchilar etishib chiqishiga ishonaman", - dedi A.Kamilov.     

Ochilish marosimining badiiy qismida "Navro'z" ashula va raqs ansamblining chiqishlari, Kamol Murodov va O'lmas Gulliev shogirdlarining tatamidagi harakatlari arenaga yig'ilganlarga ko'tarinki ruh bag'ishladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing