So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

17 sen 13:19
Yangiliklar

Tennis

"O'tgan yili "Rolan Garros"da Federer avvalgidek emasligini payqagandim". Denis Istomin Rojerning ketishiga munosabat bildirdi

Jahonning sobiq 33-raketkasi Denis Istomin "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni Rojer Federerning faoliyatini yakunlagani haqida fikr bildirdi.

— Rojer juda uzoq va ajoyib faoliyatga ega bo'ldi. U tarixdagi eng zo'r o'yinchilardan biri. Tennisga yangi homiylarni olib kelgani, uning faoliyatida tennis mashhurlikka erishgani uchun Federerga katta rahmat aytmoqchiman. Albatta, men u bilan bir davrda o'ynaganimdan faxrlanaman. U bilan o'yin o'tkazish menga nasib etdi - ularning har biri mening yodimda qoladi.

— O'tgan yili u bilan "Rolan Garros"da o'ynagansiz. Uning ketayotganini his qildingizmi?

— Qaysidir manoda, ha. Uning munosabati endi avvalgidek emasligini payqadim. U unchalik ham tez harakat qilmayotgan edi. Lekin bu normal holat, u hali ham yoshiga qaraganda ajoyib o'ynadi.

Eslatib o'tamiz, Afsonaviy Rojer Federer faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.

Malumot uchun, o'zaro uchrashuvlarda Federer Istomin bilan sakkiz bor to'qnash kelgan va barchasida g'alaba qozongan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing