So’nggi yangiliklar

19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:18Боксчиларимиз иштирокидаги Жаҳон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0 15:45"Дэвис кубоги". Терма жамоамиз биргина теннисчиси ATP рейтингининг юқорироқ поғонасидан жой олган Гонгконгга ҳам мағлуб бўлди 0 15:14Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэга қарши! Ҳамюртимизнинг жангигача бўлган барча баҳслар ниҳоясига етди, натижалар қандай? 0 14:45Исроил Мадримов Теренс Кроуфордни бугунги ғалаба билан табриклади 0 14:24"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди 0 14:03Рамазон Темиров UFC допинг назоратидан ўтди (ФОТО) 0

15 may 12:53
Yangiliklar

Futbol

O'zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimovning 80 yillik yubileyi qanday o'tdi?

Kecha 14 may kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilan O'zbekiston futbol associaciyasida Birodar Hasanovich va yaqinda o'zining 60 yoshini qarshilagan Igor SHkvirinning yubileyi munosabati tadbir bo'lib o'tdi.

O'FAda O'zbekiston respublikasi prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, O'FA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov, O'FA vice-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qo'shni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, shuningdek yaqin va uzoq o'tmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etdi. Yig'ilganlar Birodar Abduraimov va Igor SHkvirinning yubiley bilan tabrikladilar va sermahsul faoliyatlarini yodga oldilar.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq o'zining yuksak professional mahorati, bilim va tajribasi bilan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o'zbek futboli maktabi ananalarini shakllantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, milliy terma jamoa uchun istedodli futbolchilarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida etuk va barkamol etib tarbiyalash, aholi o'rtasidagi sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga qo'shgan munosib hissasi, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Birodar Hasanovich Abduraimov «Mehnat shuhrati» va Igor Anatolevich SHkvirin «Do'stlik» ordenlari bilan mukofotlandi. 

Tadbir davomida O'FA prezidenti futbol jamoatchiligi nomidan faxriylarni tabriklab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi.

"O'zbek futbolini dunyoga tanitgan va vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan futbolimizning ikki afsonasi mehnati  Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Ko'pgina iqtidori yoshlarni tarbiyalagan, va futbolimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan faxriylar hech qachon etibordan chetda qolishmaydi. Sizning hayot yo'lingiz yosh futbolchilar uchun namuna bo'lishi kerak. Men ishonaman, hozirgi futbol faxriylarimiz o'z ishlarini davom ettirishadi va yana ko'p kuchli futbolchilarni terma jamoalarimizga tarbiyalab berishadi" — dedi O'FA prezidenti. 

O'z navbatida, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov ham yubiley yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyilarining futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlarini eslab o'tdi. SHuningdek qo'shni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, klublar hamda Birodar Abduraimov bilan bir davrda faoliyat olib borgan bir qator afsonalar kun qahramonini muborakbod etishdi. 

Tadbir davomida minnatdorchilik ramzi sifatida turli tashkilotlar tomonidan mukofotlar va esdalik sovg'alari topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so'ng «Paxtakor» stadionida o'zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimovning yubileyi munosabati bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Unda yurtimizning faxriy futbolchilaridan iborat O'FA terma jamoasi hamda Abduraimov bilan turli davrlar va mamlakatlarda faoliyat olib borgan do'stlaridan tarkib topgan jamoa o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan o'yinda do'stona durang (3:3) qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing