So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

03 dek 21:57
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston 9 ta oltin medal bilan Osiyo chempionatida birinchi bo'ldi + JADVAL

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakuniga etdi.

Ikki kun davomida qitamizning 16 davlati o'smir dzyudochilari medallar uchun tatamiga chiqishdi. Quvonarlisi, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugungi bahslarda ham raqiblaridan sezilarli ustunlikka erishib, medallar shodasiga ega chiqdi.

Bugungi bellashuvlarda 11 nafar dzyudochimiz tomonidan 10 ta medal qo'lga kiritildi. Bugun Bayrutda 4 bor O'zbekiston madhiyasi yangradi. Ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra O'zbekiston 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi.

Qozog'iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Janubiy Koreya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Mo'g'uliston, Hindiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Livan va Suriya terma jamoalari hisobida kamida bitta bronza medali bo'ldi.  

Bugungi bellashuvlarda Xurshida Razzoqberdieva (-63 kg), Tuygul Hamroeva (-70 kg), Mels Sodiqov (-81 kg) va Ibrohim Xolboev (-90 kg) shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, Osiyo chempioniga aylanishdi.

Marjona Nurilloeva (-63 kg), SHirinjon Yo'ldosheva (+70 kg) kumush, Abbos Ismoilov (+90 kg), Sarvinoz Husanova (-57 kg), Mohlaroyim To'xtamisheva (+70 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing