14 iyu 10:33
Yangiliklar
Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U 20) o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Qita birinchiligining so'nggi kuni erkin kurash bo'yicha qolgan vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etildi. Birinchi kungi bahslarda shohsupaga ko'tarila olmagan erkin kurashchilarimiz ikkinchi kun dasturida 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
-92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHerzod Poyonov finalda eronlik Tuhid Amirali Nuriyni 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. Poyonov o'tgan yili Tailandda o'tgan Osiyo chempionatida ham oltin medalga ega chiqqandi.
Umarxon Mo'ydinov (-74 kg) qita chempionatida kumush, Abdulloh Habibullaev (-61 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Fikrlar