So’nggi yangiliklar

13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0

02 mar 07:43
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks federaciyasining Qashqadaryo viloyati bo'limiga yangi rais saylandi + FOTO

Teglar :  Qashqadaryo
So'nggi yillarda Respublikamizda boks geografiyasi yanada kengaydi, yurtimizning turli hududlaridan, chekka-chekka qishloqlardan iqtidorli bokschilar etishib chiqmoqda.

Ammo, ochig'ini tan olib aytishimiz lozimki, Qashqadaryo viloyati misolida bunday deya olmaymiz. Bu esa o'z navbatida viloyat boksida o'zgarishlar, islohotlar amalga oshirish lozimligidan darak berib turgandi.

Bahorning ilk kuni, 1 mart sanasida O'zbekiston boks federeciyasi Qashqadaryo viloyati bo'limining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari Komil Xolmatov, Qashqadaryo viloyatida boks bilan shug'ullanayotgan sportchi va murabbiylar, sport faxriylari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishni O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev olib bordi. Kun tartibiga binoan, so'zga birinchi bo'lib viloyat sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatov chiqib, viloyat boksini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar haqida gapirdi. 

SHundan so'ng tashkiliy masalalarga o'tildi. O'zbekiston boks federaciyasi Qashqadaryo viloyati bo'limiga yangi rahbar saylash kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalardan biri edi. Unga ko'ra, ushbu lavozimga Qarshi shahri hokimi Normo'min Yaxshievich Xolboev nomzodi maqul ko'rildi. Bo'lim ijrochi direktori sifatida esa Qashqadaryo viloyati "Temurbeklar harbiy maktabi" rahbari Jahongir Annaev faoliyat olib boradigan bo'ldi. 

SHundan so'ng, so'zga O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov so'zga chiqdi va viloyat boksidagi muammolar, so'nggi 10 yillikda kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionatida Qashqadaryo zaminidan sovrindor sportchilar yo'qligi, bu esa viloyat boksida tegishli tizim yo'lga qo'yilmagani bilan bog'liq ekanligi haqida gapirdi. Yangi rahbariyat bilan yuzaga kelgan ko'p yillik muammo va kamchiliklar bartaraf etilishiga ishonch bildirdi va viloyat boksini rivojlantirish borasida o'zining tegishli tavsiyalarini berdi. 

Tadbir davomida o'zbek boksining yaqin o'tmishdagi yulduzlari Muhammadqodir Abdullaev va O'tkirbek Haydarovlar ham ishtirok etishdi va so'zga chiqib, viloyat boksi rivojiga o'z hissalarini qo'shishga tayyor ekanliklarini takidladilar. Darvoqe, ushbu ikki boks yulduzi endilikda viloyat boks federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Kelishuvga binoan Andijon va Qashqadaryo viloyati terma jamoalari birgalikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishdi. 

Tadbir so'nggida viloyat boksi rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan bir qator boks fidoyilariga esdalik sifatida to'n kiydirildi.

SHu tariqa, O'zbekiston boks federaciyasi Qashqadaryo viloyati bo'limining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z yakuniga etdi. 

SHundan keyin mutasaddilar yaqinda barpo etilgan "Boks markazi"ni borib ko'rishdi. S.Polatov u erda viloyatdagi boks murabbiylari bilan suhbatlashdi, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. So'ngra yosh bokschilar bilan muloqot qildi.

Qarshi Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif davomida esa, ushbu talim maskanidagi sport zallari, sharoitlar ko'zdan kechirildi. 

SHu tariqa, O'zbekiston boks federaciyasi ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatiga safari o'z yakuniga etdi. 








Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing