So’nggi yangiliklar

09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0

30 apr 14:39
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi ishtirok etdi FOTOREPORTAJ

Xabaringiz bor, shu kunlarda Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasi dzyudo bo'yicha yoshlar (2001-2002 yillarda tug'ilganlar) o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 500 nafarga yaqin istedodli dzyudochilar ishtirok etayotgan musobaqaning ikkinchi kungi final bellashuvlari oldidan tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi. 

"Assalomu alaykum, hurmatli sportchilar, murabbiylar, hakamlar, mehmonlar, dzyudo ishqibozlari! Barchangizni “Pahlavon” sport majmuasida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimida ko'rib turganimizdan xursandmiz! SHubhasiz, o'zbek dzyudosi dunyoda o'z o'rni va mavqeyiga ega. Turli yillarda Armen Bagdasarov, Rishod Sobirov, Abdulla Tangriev, Ramziddin Saidov, Kamol Murodov, Farhod To'raev, Diyorbek O'razboev singari dzyudochilarimiz Olimpiada va jahon chempionatlarida mustaqil O'zbekiston dovrug'ini dunyoga yanada tanitishgan. Bugungi kunda SHarofiddin Lutfullaev, SHarofiddin Boltaboev, Davlat Bobonov, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyazova kabi terma jamoamiz azolari bu ananani davom ettirishmoqda. SHahrimizda o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionati ishtirokchilari orasidan ham yaqin yillarda terma jamoa safida Olimpiadada shoxsupaga ko'tariladigan dzyudochilar borligiga ishonaman", - dedi SH.Abdurazzoqov.

SHundan so'ng Azizjon Kamilov ham so'zga chiqib, viloyatda ommaviy va professional sportga qaratilayotgan etiborga alohida to'xtaldi. 

"Sir emas, Olimpiya o'yinlari oilasiga mansub dzyudo O'zbekistonda eng ommabop sport turlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda 50 mingdan ziyod yoshlar dzyudo bilan shug'ullanib kelishmoqda va bu son kundan-kunga ortib bormoqda. Mamlakatimizning chekka qishloqlaridan ham dzyudo bo'yicha chempionlarning etishib chiqayotgani bizni quvontirmoqda. Aynan chekka hududlarda sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu musobaqada biz yangi nomlar, yangi chempionlarni kashf etamiz. Nasib qilsa, aynan sizlar yaqin kelajakda o'zbek dzyudosi yulduzlariga aylanasizlar. Buning uchun o'z ustingizda ishlashdan, mehnat qilishdan aslo to'xtamang", - dedi A.Kamilov.    

O'ylaymizki, Namangan shahrida o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati har qachongidan ham kurashlarga boyligi bilan musobaqaga kelgan muxlislarda iliq taassurot qoldiradi. Ishtirokchilar qalbida uzoq vaqt muhrlanib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing