So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

14 okt 11:44
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston golf federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  MOQGolf
Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston golf federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston golf federaciyasining faxriy raisi Fyodor Kim, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi va ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Unga ko'ra, dastavval federaciyaning amaldagi raisi Abdulhamid Latifjonov va 4 nafar rais o'rinbosarlarining o'z xohishlariga ko'ra lavozimlaridan ozod etilishi haqidagi arizalari ko'rib chiqildi. Avvalgi rahbariyatning arizasi qanoatlantirilgach, federaciyaga yangi rahbar va unga o'rinbosarlar saylash, prezidium tarkibini shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Kun tartibining keyingi masalasiga o'tilar ekan Oybek Kasimov federaciya raisligiga Tohirov Dilshod Nosirjonovich nomzodini ilgari surdi. Qatnashchilar bir ovozdan ushbu nomzodni maqullashdi va Dilshod Tohirov O'zbekiston golf federaciyasining raisi etib saylandi. SHuningdek, Parpiev Bobur Botirovich federaciya raisining birinchi o'rinbosari, Ugay Aleksandr Fyodorovich hamda Mirzakarimov Sardor Anvarovich rais o'rinbosari lavozimiga saylanishdi.

“Bildirilgan ishonch uchun katta rahmat. Yangi lavozimini bajarish davomida bor kuch-g'ayratimni ishga solishga vada beraman. Nasib qilsa, yangi jamoamiz bilan golf sportini mamlakatimizda yanada ommalashtirish va uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida birgalikda mehnat qilamiz”, – dedi Dilshod Tohirov.

Tadbir davomida Rustam SHoabdurahmonov va MOQ vice-prezidenti Saken Polatov ham so'z olib, yangi rahbariyatning faoliyatida omad va zafarlar tilab o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing