So’nggi yangiliklar

17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0

12 fev 08:58
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Uni Aziz Abduhakimov olib bordi

Teglar :  Sport vazirligi
Uni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov olib bordi.

Majlisda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Ular orasida o'zbekistonlik sportchilarning Tokio Olimpiadasiga olib borayotgan tayyorgarligi, oldinda turgan licenzion turnirlar, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurgan atletlarimizning bo'lajak bellashuvlarga munosib hozirlik ko'rishi uchun shart-sharoitlarni yaratib berish kabi masalalarni alohida takidlash o'rinli. 

Bu borada har bir viloyat hokim o'rinbosarlariga aniq vazifalar yuklandi. Hokim o'rinbosarlari o'z viloyati sportchilarining Olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko'rishi, ortiqcha muammolardan holi bo'lishi va shunga o'xshash masalalarni shaxsan nazorat qilib borishi uqtirildi.

Bundan tashqari, hozirning o'zida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlash, selekciya ishlarini jadallashtirish, har bir sport turi bo'yicha tarkibda sog'lom raqobatni yuzaga keltirish, munosib nomzodlarni tayyorlab borish, viloyat sport boshqarmalari hamda federaciyalarning yangi tizimini yaratish, ish unumdorligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish va rag'batlantirish  masalalari ham muhokama qilindi.   

Yig'ilishda shuningdek, mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada ommalashtirish masalasiga ham to'xtalindi. Kuni kecha “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori qabul qilingandi. Joylarda ushbu qarorning ijrosini taminlashga jiddiy etibor qaratish lozimligi aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing