So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

19 iyu 08:01
Yangiliklar

Kikboksing

O'zbekiston kikboks bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin

So'nggi paytlarda mamlakatimiz bir qator sport turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Yaqin yillarda mazkur turnirlar orasiga kikboks ham qo'shilishi mumkin. Bu masalani MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Jahon kikboks tashkiloti vice-prezidenti Salim Kayichi bilan uchrashuvda muhokama qildi. 

Uchrashuvda, shuningdek, O'zbekiston kikboks federaciyasi raisi Oybek Karmetov ham ishtirok etdi. Suhbat davomida mamlakatimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, federaciyalar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

MOQ rahbari turkiyalik mehmonga Prezidentimiz boshchiligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor, sog'lom turmush tarzi targ'iboti xususida gapirib berdi. O'z navbatida, Salim Kayichi ayni paytda poytaxtimizda o'tayotgan kikboks bo'yicha xalqaro musobaqaning yuqori saviyada o'tayotgani, bunday tashkilotchilik bilan O'zbekistonning kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi mumkinligini aytib o'tdi. Rustam SHoabdurahmonov ushbu fikrni qo'llab-quvvatladi va MOQ bu borada hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar har ikki mamlakat rahbarlarining olib borayotgan do'stona aloqalarini sport sohasida davom ettirishdan minnatdor ekanligini takidlab, esdalik uchun sovg'a almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing