So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

21 jan 11:30
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 29 yoshda!

Teglar :  MOQOlimpiada
Olimpiya o'yinlari insoniyat tarixida kashf qilingan eng ajoyib ixtirolardan biridir.

Bu orqali sayyoramizdagi millatlar va elatlar, dunyo ahli bir maqsad ostida birlashadilar. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi shafeligida faoliyat olib borayotgan barcha mamlakatlardagi Olimpiya qo'mitalari o'z yurti va shani uchun jahon arenalarida raqobat olib bormoqda. SHu jumladan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ham.

Bugun 2021 yil 21 yanvar. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashkil etilganiga 29 yil to'ldi. 1993 yilning sentyabr oyida Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 101-Sessiyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi XOQ tomonidan rasman tan olingan va shundan so'ng tashkilot xalqaro maydonda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'lgan. SHu kundan etiboran, O'zbekiston muntazam ravishda yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarida qatnashib kelmoqda.

MOQ bugun mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, olimpizmning pok va ezgu g'oyalarini ilgari surish yo'lida keng ko'lamda ish olib bormoqda. Bundan tashqari, xalqaro aloqalarni mustahkamlab, nufuzli sport tashkilotlari, etakchi sport derjavalari bilan keng qamrovli hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Ortda qolgan vaqt mobaynida O'zbekiston delegaciyasi 7 ta qishki va 6 ta yozgi Olimpiya o'yinlarida 10 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro arenalarda, kompleks musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federaciyalari va associaciyalari bilan hamjihatlikda ish olib bormoqda. Tashkilot tomonidan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga muhtaram Prezidentimiz bergan ko'rsatmalar asosida tayyorgarlik olib borilmoqda. Licenzion musobaqalarga hozirlik ko'rayotgan terma jamoalarimizning xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilmoqda.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi kelajakda, xususan, Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham jonajon vatanimiz shanini munosib himoya qilib, yorqin g'alabalar bilan xalqimiz va muhtaram Prezidentimizni xursand qilishga vada beradi.

Fursatdan foydalanib, bugungi bayram munosabati bilan sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarni, terma jamoalarimizni, olimpiyachilarimizni va ularni tarbiyalayotgan jonkuyar murabbiylarimizni, o'zbek sportining ashaddiy muxlislarini samimiy muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing