So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

13 dek 13:40
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Albaniya MOQ rahbarlari uchrashuvida o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Teglar :  Og'ir atletika
Toshkentda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida bir qator mehmonlar poytaxtimizga tashrif buyurishmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa doirasida Albaniya Olimpiya qo'mitasi prezidenti boshchiligidagi delegaciya MOQda mehmon bo'ldi.

Delegaciyaga Albaniya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Fidel Elli boshchilik qildi. Ularni Qo'mita raisi Rustam SHoabdurahmonov va Bosh kotib Oybek Kasimov qarshi oldilar. SHuningdek, uchrashuvda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ham ishtirok etdi.

Tashrif avvalida mehmonlarga O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi binosi bo'ylab kichik ekskursiya tashkil etildi. SHundan so'ng Qo'mitamiz muzeyida hamkorlik masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Samimiy ruhda o'tgan suhbatda Rustam SHoabdurahmonov mehmonlarga o'zining iliq tilaklarini bildirdi.

“Og'ir atletikachilarimizning so'nggi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritayotgan oltin medallari o'z-o'zidan emas. Buning ortida Prezidentimiz va davlatimizning sportga qaratayotgan ulkan etibori turibdi. O'zbekiston bungacha og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlari, kattalar o'rtasida Osiyo chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilgan edi. To'plangan ulkan tajriba bilan kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligini qabul qilmoqdamiz. Albatta, bularning bari hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan tashkil etilmoqda”, – dedi MOQ rahbari.

O'z navbatida, Albaniya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonovga iliq qabul uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, o'zbek sportining yutuqlari haqida ijobiy fikrlarini aytib o'tdi. SHuningdek, u o'zaro mustahkam hamkorlik aloqalarni yo'lga qo'yish, kelishuv memorandumini imzolash bo'yicha takliflarini ilgari surdi. Bunga javoban, O'zbekiston MOQ raisi rivojlanish yo'lida bunday hamkorlikni yo'lga qo'yishdan mamnun ekanini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing