So’nggi yangiliklar

11:56Kocaeli European Judo Hopes. Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги турнирни 7 та медаль билан якунлашди 0 11:35"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди 0 11:14Рамазон Темировнинг Асу Алмабаев билан жанги бекор бўлишига допинг сабаб бўлди 0 10:53Оғир атлетика: Осиё чемпионатининг навбатдаги кунида 20 та медаль қўлга киритилди 0 10:32Макс Холлоуэй UFC'да яна нечта жанги қолганини айтди 0 10:11Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди 0 09:50Боксчи қизларимиз Чин юртига жўнаб кетишди 0 09:29Илия Топурия UFC’даги асосий мақсадини очиқлади 0 09:08Спорт вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтди 0 08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0

27 avg 06:51
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Janubiy Koreya sport tadqiqotlari instituti o'rtasida Memorandum imzolandi

Teglar :  O'zDJTSUKoreya
O'zDJTSU huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Koreya sport tadqiqotlari instituti o'rtasida hamkorlik Memorandumiga imzo chekildi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish to'g'risida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. O'tkazilgan videomuloqotda talim muassasalari rahbariyati va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Onlayn tarzda o'tkazilgan tadbir chog'ida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti direktori Hong Sun Song davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida etirof etishdi. 

SHundan so'ng zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti o'rtasida onlayn tarzda o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandum doirasida tomonlar quyidagi vazifalarni hal etish bo'yicha qo'shma harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar:

- Jismoniy tarbiya va sport sohasida innovacion g'oyalarni birgalikda targ'ib qilish va amalga oshirishga ko'maklashish;

- Jismoniy madaniyat va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil etish va bajarish;

- Koreya va O'zbekistonda ommaviy sportni birgalikda rivojlantirish;

- Aholini ommaviy sog'lomlashtirish bo'yicha sog'liqni saqlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Milliy sport jamoalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish;

- Jismoniy madaniyat va sport sohasida ilmiy-amaliy konferenciyalar, forumlar, seminarlarni tashkil etish va hamkorlikda ishtirok etish;

- Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jamoat tashkilotlari, sport federaciyalari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik;

- Jismoniy madaniyat va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarining ilmiy va sport jurnallarida birgalikda chop etilishi.

Uchrashuvni amalga oshirishda O'zbekistonning Koreyadagi elchixonasi yaqindan yordam berdi va muvaffaqiyatli o'tkazilishiga o'z hissasini qo'shdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing