09 iyu 11:35
Yangiliklar
Futbol

"Galatasaroy" Osimxenga dahshat taklif bilan chiqdi
"Galatasaroy" Viktor Osimxenni to'liq sotib olish uchun maksimal harakat qilmoqda.
Istanbul jamoasi futbolchining transferi uchun 75 million evro berishga tayyor. Bu futbolchining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasidagi tovon puli hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Osimxen ijara asosida "Galatasaroy" safida faoliyat olib borgandi. U jamoa safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 37 ta gol urgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar