09 iyu 11:56
Yangiliklar
Dzyudo

Kocaeli European Judo Hopes. Yosh dzyudochilarimiz Turkiyadagi turnirni 7 ta medal bilan yakunlashdi
Turkiyaning Izmit shahri mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnir o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kuni "Diplomat Judo Club" tarbiyalanuvchilari yana 2 ta medalga sazovor bo'lishdi. Samir Saodatov (-60 kg) kumush, Samiyusuf Abbosov (-34 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, yosh dzyudochilarimiz Kocaeli European Judo Hopes musobaqasini 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
"Medal olmagan qolgan shogirdlarimiz ham yaxshi kurashishdi. Bu tajriba — kelajakdagi yutuqlar uchun mustahkam poydevor. Biz murabbiylar sizlar bilan faxrlanamiz va ishonamizki, keyingi musobaqalarda sizlarni yangi zafarlar kutmoqda!", - dedi O'lmas Gulliev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar