So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

09 dek 21:02
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSUning “Lochin” futbol jamoasi 2020 yilgi mavsum chempioni

Teglar :  FutbolUniversitet
2020 yil 8 dekabr kuni Toshkent viloyatining “Do'stlik” stadionida Toshkent viloyati futbol associaciyasi tashabbusi bilan o'tkazilgan viloyat birinchiligi II-liga final o'yini bo'lib o'tdi.

Final bahsida Toshkent viloyati futbol mahorati maktabining “FK Akademiya” va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Lochin” futbol jamoalari maydonga tushishdi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tgan final uchrashuvi 3:2 hisobida universitetimiz talabalaridan tashkil topgan “Lochin” futbol jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

“Lochin” futbol jamoasi Toshkent viloyati birinchiligi II – liga o'yinlarining 2020 yilgi mavsumi g'olibligini va O'zbekiston professional futbol ligasining 1 ligasiga o'tish o'yinlarida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

SHuningdek, O'zDJTSUning “Lochin” futbol jamoasi darvozaboni Muxiddin Nurmatov Toshkent viloyati birinchiligi II – liga o'yinlarining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.  

Uchrashuv yakunlangandan so'ng Toshkent viloyati birinchiligi II – liga o'yinlarining 2020 yilgi mavsumi g'olib va sovrindorlari hamda mavsum davomida o'zini har tomonlama namoyish etgan iqtidorli futbolchilar Toshkent viloyati futbol associaciyasi tomonidan musobaqa ramziy kuboklari, diplom, medallar, qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

O'zDJTSU matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing