So’nggi yangiliklar

08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0

04 fev 08:27
Yangiliklar

Boshqalar

O'zMADA federaciya va associaciyalarimizni xushyorlikka chaqiradi

Tokio Olimpiadasiga ham oz vaqt qolmoqda.

Bu fursat ichida sportchilarimizni jismoniy va funkcional tomondan Olimpiya o'yinlariga tayyorlash barobarida ularni doping qoidalarining buzilish holatidan saqlash ham talab etiladi. Mazkur yo'nalish bo'yicha MOQda barcha sport federaciya va associaciyalari uchun yirik seminar tashkil qilindi. Unda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston Milliy anti-doping agentligi (O'zMADA) direktori Nodir Tursunov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek, federaciya va associaciyalar mutasaddilari, terma jamoalarimizning shifokor va murabbiylari ham qatnashishdi.

Seminar davomida O'zMADA hamda RSTIAMning tajribali mutaxassislari sportchilar istemol qiladigan qo'shimcha biologik ozuqalar, sportchilarning shaxsiy malumotlari nazorat qilinadigan ADAMS tizimiga ahamiyat qaratish kabi masalalar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi. Mutaxassislar o'rganishlar bo'yicha WADA va hech bir mamlakatdagi anti-doping agentligi bunday qo'shimcha biologik ozuqalardan foydalanishni tavsiya etmasligi haqida alohida takidlab o'tdilar. O'z navbatida SHerzod Tashmatov mazkur seminar qanchalik ahamiyat kasb etishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Barchamiz shu paytgacha qo'shimcha biologik ozuqalardan foydalanish tavsiya etilmasligini bilar edik va bugun bunga yana bir karra amin bo'ldik. Ularning tarkibi dopingdan holi ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi. SHu bois federaciya va associaciyalarimizdan MOQga bunday vositalarni sotib olish uchun ovora bo'lib buyurtma jo'natmasliklarini so'rab qolamiz. Agar bunga Qo'mitamiz rasmiy rozilik bergudek bo'lsa, nafaqat sportchi, balki o'sha sport turida mamlakat jamoasi ham musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin”, – dedi SHerzod Tashmatov.

 

Seminar davomida Nodir Tursunov 2020 yil davomida qaysi terma jamoalarimizda doping qoidalari buzilgani haqida ham malumot berib o'tdi. SHuningdek, dzyudo bo'yicha terma jamoamizning asosiy sportchilaridan birida ADAMS tizimidagi qoidabuzarlik sodir etilgani, agar bu hol yana 2 bor takrorlangudek bo'lsa, o'sha dzyudochi Tokio Olimpiadasi va yana bir necha yil musobaqalardan chetlatilishi mumkinligi takidlandi. O'z navbatida, bu hol boshqa jamoalarimizga ham ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi lozimligi alohida aytib o'tildi.

SHuningdek, murabbiy va shifokorlarimiz mutaxassislarga taqdimotlar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing