So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

14 fev 19:06
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish muhokama qilindi

Teglar :  ParalimpiyaMOQ
Yurtimiz Paralimpiya sportchilarining xalqaro maydonlarda qayd etayotgan natijalari, ular erishayotgan yutuqlar har bir hamyurtimizning etiboriga sazovor bo'lmoqda.

SHubhasiz, bunday g'alabalar ortida Prezidentimiz tomonidan xalqimizning har bir qatlami, shu jumladan, imkoniyati cheklangan hamyurtlarimiz uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratib berilayotganini ko'rishimiz mumkin. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ raisi devoni rahbari Mirag'zam Mirahmedov, Milliy Paralimpiya associaciyasi raisining o'rinbosari SHarifjon Momindjanov va Associaciya sport ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i Bilol Ag'zamov ishtirok etgan yig'ilishda mazkur yo'nalishning istiqbolli rejalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuvni MOQ raisi olib bordi va Paralimpiya sportini yanada rivojlantirish borasida o'z fikrlarini bildirdi.

“Muhtaram yurtboshimiz xalqimiz orasida sog'lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqdalar. Xususan, mazkur tashabbusni xalqimizning imkoniyati cheklangan vakillari qatlamida ham targ'ib qilishimiz kerak. Paralimpiyachilarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasida ular jahon arenalarida qanday muvaffaqiyatlarga erishib kelayotganlariga barchamiz guvohmiz. Ishonchim komilki, butun Respublikamizda bunday istedodga ega para-atletlar topiladi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Uchrashuv davomida Paralimpiya sport turlari geografiyasini kengaytirish, Associaciya qoshida yangi yo'nalishlarni ham ochish va ularga malakali kadrlarni jalb qilish, Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga 10 dan ortiq yo'nalishlarda licenziyalar qo'lga kiritish kabi masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, hamyurtlarimiz orasidan sportga qiziquvchi imkoniyati cheklangan vakillarni ham selekciya orqali terma jamoaga jalb qilish, buning uchun yangi va zamonaviy sport inshootlari, para-atletlar uchun maxsus «workout» maydonlarini barpo etish bo'yicha tavsiyalar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing