So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

10 dek 08:08
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij-2024da erkaklar va ayollar teng miqdorda raqobatlashadi

Teglar :  Parij-2024Olimpiada
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasi Parij-2024 o'yinlariga sportchilar uchun tadbirlar dasturi va kvotalarni tasdiqladi, shuningdek, Tokio Olimpiadasida koronavirusga qarshi kurashish yo'llarini muhokama qildi.

Gender tengligiga erishish va yosh auditoriyani jalb qilish uchun Franciya poytaxti mezbonlik qiladigan o'yinlar ro'yxatiga skeytbording, serfing, qoyaga chiqish va breyk-dans sport turlari rasman kiritildi.

Tarixda birinchi marta Parij-2024da erkaklar va ayollar teng miqdorda ishtirok etadi, aralash jamoaviy musobaqalar soni esa 18 tadan 22 taga ko'payadi.

Garchi sport turlarida o'zgarishlar bo'lishiga qaramay, o'yinlar ishtirokchilarining umumiy soni va medallar jamlanmasi kamayadi. Umuman olganda, Parijda 329 medallar jamlanmasi o'ynaladi – bu Tokio-2020nikidan o'ntaga kamroq deganidir.

“Olimpiya o'yinlarining yangilangan dasturi koronavirusdan keyingi faoliyatimizda hayotga tatbiq etiladi,” – dedi XOQ prezidenti Tomas Bax. “Biz musobaqa xarajatlari va o'tkazish murakkabligini kamaytirmoqdamiz. Tokio o'yinlarida gender tengligi principlariga deyarli amal qilganimizga qaramay, Parijda birinchi marotaba erkak va ayol sportchilar bir xil miqdorda ishtirok etadilar. Yoshlarga ham katta etibor qaratilmoqda.”

Franciya poytaxtida o'tkaziladigan engil atletika, boks va velosport musobaqalarida har ikki jins vakillari bir xil miqdorda ishtirok etishadi. Natijada, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan 32 sport turidan 28 tasida gender tengligi to'liq taminlanadi.

Tokio bilan taqqoslaganda, 2024 yilgi o'yinlarda ishtirokchilar soni 592 nafarga kamaytiriladi, yani 11092 nafardan 10500 nafarga tushiriladi. Bu delegaciyalar va rasmiylar sonini kamayishiga olib keladi, bellashuvlarni ixcham va kamxarj o'tishiga yordam beradi.

Kvotalarning eng muhim o'zgarishi og'ir atletikada ro'y berdi: Yaponiyada 10 ta, Franciyada 6 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Vazn toifalarining yakuniy ro'yxati IWF tomonidan 2021 yilning to'rtinchi choragida aniqlanadi. XOQ vakillari, shuningdek, agar doping bilan bog'liq vaziyat yomonlashsa, ushbu sport turi musobaqalar dasturidan umuman chiqarilishi mumkinligini takidladilar.

Boksga kelsak, Parijda erkaklar uchun 7 ta, ayollar uchun 6ta medallar jamlanmasini o'ynash rejalashtirilgan va vazn toifalari ro'yxati XOQ tomonidan 2021 yil oxirida tasdiqlanadi.

Xalqaro federaciyalar tomonidan 41 ta qo'shimcha yo'nalishni 2024 yilgi O'yinlar dasturiga kiritish to'g'risidagi talablariga qaramay, XOQ Ijroiya Kengashi musobaqalarning amaldagi sonini saqlab qolishga qaror qildi. Bu pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar va Olimpiada o'rtasidagi uch yillik qisqa ciklga ham bog'liq.

SHunga qaramay, musobaqalar jadvalida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi: erkaklar o'rtasida 50 km masofadagi marafon o'rniga sportchilar aralash jamoaviy musobaqada medal uchun kurash olib borishadi, kayak-kross o'rnini ikki kishilik kanoe-sprint egallaydi, parus sporti vakillari 3 ta yangi medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar, stendda otish bahsida aralash trap o'rniga mikst-skit joriy etiladi.

Engil atletika bo'yicha musobaqaning yangi formati XOQ tomonidan tasdiqlanishi uchun 2021 yil 31 maygacha World Athleticsga yuboriladi. Kengash, shuningdek, Xalqaro parus sporti federaciyasi tomonidan uning qiymati va xavfsizligini baholash uchun taklif qilingan o'zgarishlarni o'rganishda davom etadi. Kelishuv kelasi yil bahorning oxiriga rejalashtirilgan.

SHuningdek, Ijroiya qo'mita yig'ilishida Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining Yaponiyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida koronavirusga qarshi kurash bo'yicha yangi chora-tadbirlari to'g'risidagi hisoboti taqdim etildi. Xususan, musobaqa byudjetini oshirish, shuningdek, Olimpiya shaharchasi hududida faoliyat yuritadigan yagona qoidalar masalalari ko'tarildi.

Tashkilot ijrochi direktori Tosiro Mutoning so'zlariga ko'ra, sportchilar va mansabdor shaxslarning kasallikni yuqtirmaslik usullaridan biri ularning Kunchiqar mamlakatda bo'lish muddatini qisqartirishdir. SHunday qilib, Milliy olimpiya qo'mitalariga sportchilarni musobaqa boshlanishidan besh kun oldin Tokioga jo'natish va bahslari tugaganidan keyin eng ko'pi bilan ikki kun o'tib uylariga qaytarish tavsiya etiladi.

«Ushbu hujjat XOQ sportchilar komissiyasi bilan yaqin aloqada ishlab chiqilgan”, – dedi Tomas Bax. “- Bu Yaponiyada bo'ladigan barcha 206 MOQ uchun asosiy qoidaga aylanadi. Bu juda zarur, chunki biz uchun Olimpiya shaharchasi aholisi va marosimlar ishtirokchilarini minimallashtirish juda muhimdir. Bu infekciya xavfini kamaytirishning yagona usuli. Biz sportchilarni ushbu noyob musobaqadan mahrum qilishni va ularning natijalariga salbiy tasir ko'rsatishni istamaymiz.”

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing