04 may 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Queensberry promouterlik kompaniyasi Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori bilan shartnoma imzoladi
Frenk Uorren boshchiligidagi Queensberry Promotions kompaniyasi 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi, britaniyalik bokschi Lyuis Richardson bilan kelishuvga erishdi.
"U Parijda tarix yaratdi. Endi qolgan yutuqlar ortidan bormoqda", deyiladi tashkilot elonida.
27 yoshli Richardson Parijdagi o'yinlarda 71 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgandi. O'sha vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : Queensberry Promotions
Fikrlar