So’nggi yangiliklar

15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0 12:03"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи 0 11:42"Гладиатор" Парижда жанг қилади 0 11:21Усман Нурмагомедов кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 11:00UzChess Cup. Абдусатторов асосий рақибларидан бирини ютди, Синдаровда ҳам ғалаба, 7-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:39Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан”ни енгиб, гуруҳ ғолиб сифатида плей-оффга чиқди 0 10:18Икки теннисчимиз Қайсеридаги юришини ғалаба билан бошлади 0 09:57Ямайкалик енгил атлетикачилар оммавий равишда Туркия сафига ўтишяпти 0

26 noy 09:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Piyoda yurgan insondan xastaliklar yiroq bo'ladi

Sir emaski, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash masalasiga hukumat darajasida etibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, so'nggi yillarda kasalliklar bilan kurashish emas, balki aholining tibbiy va sanitar-gigienik madaniyati darajasini yuksaltirish hamda tizimli profilaktikaga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Jizzax shahrida tashkil etilgan navbatdagi sog'lomlashtirish tadbiri ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. 1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuniga bag'ishlangan ushbu tadbirni o'tkazishda viloyat sog'liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi hamda qator manfaatdor tashkilotlar hamkorlik qilishdi.

SHu kuni tashkil etilgan «Salomatlik uchun 5 000 qadam» akciyasini o'tkazishdan ko'zlangan bosh maqsad – aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishdan iborat edi. Aytish kerakki, tashkilotchilar maqsadiga erishdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar asosan sog'lom turmush tarzini shakllantirish, odamlarni ko'proq dori emas, balki to'g'ri ovqatlanishga, sportga o'rgatish lozimligini takidlashdi. SHuningdek, har kim avvalo o'zining salomatligi uchun hech bo'lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida ham zarur tavsiyalar berildi.

Darvoqe, piyoda yurish turli kasalliklarning kelib chiqishini oldini olibgina qolmasdan inson umrining uzayishiga ham xizmat qiladi. SHunday ekan, har birimiz kuniga kamida 10 ming qadam yurishga odatlanmog'imiz kerak. O'shanda turli dard va xastaliklar bizdan yiroq bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing