So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

13 iyu 23:27
Yangiliklar

Sport kurashlari

Poland Open. To'rt "klassigimiz" shohsupada, Bahromov chempion! (FOTOGALEREYA)

Polsha poytaxti Varshava shahri mezbonlik qilgan sport kurashlari bo'yicha ananaviy xalqaro turnir o'z yakuniga etdi.

Poland Open reyting turnirida O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Biroz avval yakunlangan yunon-rum kurashchilar musobaqasida to'rt nafar polvonimiz g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. 

60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Islom Bahromov finalda yaponiyalik Ayata Suzukini 5-3 hisobida mag'lub etib, Poland Open turniri chempioniga aylandi. U finalga qadar Mayrbek Salimov (Polsha), Kristian Kechkemeti (Vengriya)ni mos ravishda 6-0 va 7-0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. 

72 kg vaznda gilamga chiqqan yurtdoshimiz Mirzobek Rahmatov finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Rahmatov mezbonlar vakili Gevorg Saxakyanga bir ochko farqi bilan yutqazib qo'ydi. 

Terma jamoamizga yana ikkita bronza medalini Muhammadqodir Yusupov (60 kg) va Rustam Assakalov Rustam (87 kg) taqdim etdi. Har ikkala yunon-rum kurashchimiz ham bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda polshalik atletlardan ustun kelishdi. 

SHu tariqa, Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi Poland Open turnirini 2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakunlandi. Kecha yunon-rum kurashchilarimizdan Jalgasbay Berdimuratov oltin, Elmurat Tasmuradov va Mo'minjon Abdullaev bronza medaliga sazovor bo'lishgandi. 

Varshavadagi xalqaro turnirni boshlab bergan erkin kurashchilarimiz esa bittadan oltin, kumush va bronza medalini qo'lga kiritishgan edi. Tokio Olimpiadasi licenzianti G'ulomjon Abdullaev chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan bo'lsa, Rashid Qurbonov kumush, Mahmud SHavkatov bronza medaliga ega chiqqandi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing