So’nggi yangiliklar

17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0 13:51"У энди камарга бундан яқинроқ бўла олмайди". Пимблетт Царукянни UFC 319даги ҳаракатлари учун танқид қилди 0 13:27Қозоғистонлик Иван Дичко Канело — Кроуфорд оқшомида таниқли боксчи билан жанг қилади 0 13:05Аввалига ўзбек мухлисларини танқид қилиб, кейин Нурсултон Рўзибоев билан жанги бекор бўлган Брайан Баттл UFC'дан хайдалди 0 12:43АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди 0

28 iyu 09:08
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz jahon chempionatida 7 ta medal qo'lga kiritishdi

24-27 iyun kunlari Rossiya federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash (poyasnoy borbe koresh) bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur dunyo birinchiligida olti nafar jizzaxlik, bir nafar xorazmlik polvonlardan iborat terma jamoamiz azolari ham Vatanimiz sharafini himoya qilishdi. 

SHu o'rinda takidlash joiz, 2021 yil noyabr oyida Jizzax shahrida o'tkazilgan jahon chempionati doirasida Tatariston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari Xalil SHayxutdinov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. 

Mazkur memorandumga muvofiq Tatariston Respublikasi sport vaziri Vladimir Leonov va Xalqaro belbog'li kurash (poyasnoy borbe koresh) federaciyasi  taklifiga ko'ra, Jizzax viloyati hokimligi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bosh prokraturasi, xususan, Jizzax viloyati prokurori, viloyat kurash federaciyasi raisi Islomjon Ergashxodjaev say-harakatlari bilan sportchilarimizdan iborat delegaciyamiz ushbu jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi.

SHuningdek, jahon chempionatida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'minxo'ja Muratov, O'zbekiston Respublikasi bosh prokraturasi xodimi Sarvar Erkinov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar ham ishtirok etib, belbog'li kurashni yanada ommalashtirish xususida muzokoralar o'tkazishdi. Belbog'li kurash bo'yicha Xorazm viloyati bosh murabbiyi, xalqaro toifadagi hakam Bekbergan Boltaev esa hakamlar guruhida chempionatni baholab bordi.

Quvonarlisi, ushbu jahon chempionatida 20 ga yaqin davlatlardan  yig'ilgan eng sara sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda Usmon Mahamatov murabbiyligidagi polvonlarimizdan 60 kg. da Asadbek Mamataliev kumush, 65 kg. da Muhammadrasul Muhammadjonov bronza, 70 kg. da Azimjon Akbarov kumush, 75 kg. da Sardor Jumaboev kumush, 80 kg. da Ziyodulla Valijonov bronza 90 kg. da Jahongir Jumaboev kumush medal va 100 kg. da Marat SHaxmaev kumush medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lishdi.

Qozon shahri mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida ot ustida  va qumda kurash bo'yicha ham bellashuvlar tashkil etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing