So’nggi yangiliklar

19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0

19 may 05:54
Yangiliklar

Boshqalar

Prezident qarori bilan O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tashkil etiladi

O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi negizida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tashkil etiladi.
O'zbekiston Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida shu haqida malum qilingan.



Qarorga ko'ra, Paralimpiya qo'mitasi O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 

Paralimpiya qo'mitasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

• paralimpiya sport turlarini ommaviylashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish;

• yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga ko'maklashish, sport obektlari va inshootlarining koncepciyalari, texnik topshiriqlari, texnik-iqtisodiy asoslari/parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

• paralimpiya sport turlari bilan shug'ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo'riqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish;

• respublikada yoki boshqa xalqaro sport federaciyalari (associaciyalari) va boshqa tashkilotlarida o'z azolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish, o'z azolarini axborot, ilmiy-uslubiy va moddiy-texnik jihatdan taminlash;

• paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo'yicha klublar faoliyatini tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va xalqaro sport tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish.

Bundan tashqari, Prezidentning yangi qarori bilan paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo'llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Paralimpiya qo'mitasining hududiy bo'linmalari tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing