So’nggi yangiliklar

09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0 09:14Топурия янги вазндаги илк чемпионлик ҳимоя жангини қачон ўтказишини айтди 0 08:53"Биз нишонлаяпмиз" — Ислам Махачев Топуриянинг ғалабасини хачапури ва груз тархуни билан нишонлади + ФОТО 0 08:32Чарльз Оливейра кечаги даҳшатли нокаутдан кейин илк бор интервью берди 0 19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0

05 apr 08:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozimiz jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi

Teglar :  Qilichbozlik
Ayni kunlarda Misr poytaxtida qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan sablyachimiz Boburjon Rasulov yurtimiz uchun qilichbozlik sporti tarixida jahon chempionatlaridagi ilk medalni qo'lga kiritdi.

Guruh bosqichidan so'ng 1/64 final bosqichidan bahslarga kirishgan hamyurtimiz dastlab qozog'istonlik Stepan Sevostyanov (15:10), so'ng amerikalik Kristofer Uolker (15:13), ispaniyalik Rogelio Kabalero (15:13), gong konglik Si So (15:7), misrlik Adham Moataz (15:10) ustidan g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hal qiluvchi bellashuvda esa rossiyalik Kirill Tyulyukovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Takidlash joiz, bu yoshlar o'rtasida jahon chempionatida qo'lga kiritilgan dastlabki tarixiy medal bo'lmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati, qizlarimizdan Zaynab Dayibekova chorak finalgacha etib bordi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra yosh umidli vakilimiz ettinchi natija bilan musobaqani yakunladi. Qayd etish joiz, hali hech bir qizimiz jahon chempionatlarida bunday bosqichga etib kelgani yo'q. Bunday natija terma jamoamizda faoliyat olib borayotgan mutaxassis, 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni Vladimir Nazlimovning xizmatlari mevasidir. Tajribali murabbiy jamoamiz o'z aytib o'tganidek, yosh sportchilarimizni jahonning etakchi qilichbozlari qatoriga olib chiqmoqda. Musobaqa davomida Sevinch Ismoilova, SHahnoza Tog'aymurodova, Venera Ismoilova, SHerzodbek Mamutov, Pazilbek Genjebaev, Jaloliddin Dushamboev kabi vakillarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

Bu faqatgina yosh sablyachilarimizning qayd etgan natijasi. Hali oldinda sablya bo'yicha jamoaviy bellashuvlar, shuningdek, rapira va shpagachilarimizning chiqishlari kutib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing