So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

29 jan 18:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlar Toshkentdagi G'alaba bog'iga tashrif buyurishdi

Teglar :  Qilichbozlik
Avval xabar berganimizdek, 19-30 yanvar kunlari qilichbozlik bo'yicha kadetlar va o'smirlar terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

Mashg'ulotlar jarayoni bilan bir qatorda qilichbozlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tomonidan sportchilarning maqsadida manaviy -marifiy, madaniy dastur ham ishlab chiqilgan. Asosiy maqsad yosh qilichbozlarimiz qalbida Vatanga, boy tariximizga, madaniyatimizga sog'lom munosabatni shakllantirish, vatanparvarlik, milliy urf-odatlari, xalqimizning shonli o'tmishiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

28 yanvar kuni qilichbozlarimiz Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi "G'alaba" bog'iga tashrif buyurishdi. Malumki, "G'alaba" bog'i O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan fashizm ustidan Buyuk G'alabaning 75 yilligiga bag'ishlab ochilgan.

Park ekspoziciyasida muzey devorlari ichida jonlanib kelayotgandek urush davri manzaralari, harbiy oficerlarning manikenlari, xandaklar, dubinkalar va dala oshxonalari, temir yo'l vokzali, eski kutubxonalar bo'lgan joylar kompoziciyalari aks ettirilgan.  SHuningdek, muzeyda urush yillaridagi harbiy qurollarning noyob ko'rgazmasi mavjud.

Bog' hududida, ochiq havoda, harbiy texnika va qurol-yarog' ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishish mumkin.

Bog'ning markaziy xiyoboniga Stalingrad jangi paytida bebaho harbiy qaxramonlik ko'rsatgan ulkan qo'shinni boshqargan o'zbek o'g'loni general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali o'rnatilgan.

 «O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tashabbusiga ko'ra bugun, biz qilichbozlik bo'yicha kadet-o'smirlar terma jamoasi bilan "G'alaba" bog'i va muzeyida bo'ldik, — dedi Abror Sobirov, qilichbozlikning rapira turi bo'yicha milliy terma jamoa murabbiyi. - Biz bu erda go'yoki Ikkinchi jahon urushi dunyosiga kirib bordik. Ayniqsa frontdagi askarlarning o'z yaqinlariga yozgan xatlarini ko'rib tasirlandim. Zero, bizning bobolarimiz tinch osmon ostida yashashimiz uchun kurashdilar. Ularga katta rahmat va barcha qilichbozlar nomidan chuqur tazim bildiraman».

Ushbu parkka tashrif buyurib, siz sokin yo'laklar bo'ylab yurar ekansiz ajoyub manzaradan bahra olasiz. Noyob yodgorliklar va go'zal manzaralar tufayli bu er poytaxtimizda tashrif buyuradigan eng mashhur joylardan biriga aylanmoqda.

Bundan tashqari, o'zbek xalqining Ikkinchi Jahon urushi frontlaridagi jasorati va qahramonligi, shuningdek, front uchun barcha zarur narsalar bilan taminlagan front ortida ishlaganlarning mehnat qahramonligi hech qachon unutilmaydi.  Tarixiy ildizlarimizni bilish yosh avlodni tarbiyalash, manaviy boy, barkamol, jismonan baquvvat shaxsni shakllantirishning asosidir.

Qilichbozlarimiz ushbu ekskursiyadan katta va unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga va ushbu tadbirning barcha tashkilotchilariga o'z minnatdorliklarini bildirishdi. 

Muborak Yakubova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing