So’nggi yangiliklar

10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0

05 noy 15:55
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston kubogi qizg'in pallada

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 15ta erkaklar, 10ta ayollar jamoasi shpaga bo'yicha mamlakat kubogining jamoaviy bahslarida g'olib nomini aniqlab olishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, erkaklar jamoalari orasida M.Mo'minov, A.Nasriddinov, N.Mo'minov, M.Hasanovdan iborat Andijon-1 terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi.

SHuni takidlash kerakki, Andijon shpaga maktabi qilichbozlik bo'yicha mamlakatda etakchi hisoblanadi. Aynan finalda ular «Navoiy-1» jamoasini mag'lub etishdi.

Albatta, finalda g'alaba qozonish oson kechmadi, shunga qaramay, Andijon jamoasi azolari raqiblaridan ustun kelishdi va birinchi o'rinni egallab, musobaqaning oltin medallari bilan taqdirlanishdi.

1. Andijon-1
2. Navoiy-1
3. Toshkent-1

Ayollar jamoalari orasida eng kuchli, deya poytaxtning “Toshkent-1” jamoasi topildi. Tarkibdan A.Petrov, S.Rahimov, V.Rojkov, M.Hakimov kabi istedodli “mushketyorlar” jam bo'lishgan edi. Ular buxoroliklarga qarshi hal qiluvchi bahsda g'alaba qozonishdi.

1. Toshkent -1
2. Buxoro
3. Toshkent

SHundan so'ng shaxsiy birinchilikdagi bellashuvlarga ham navbat berildi. Kutilganidek, shpaga yo'nalishida Fayzulla Alimov va Malika Hakimova barcha raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Ayni paytda sablya bo'yicha ham yakkalik bahslarining natijalari malum. Unga ko'ra, Zaynab Dayibekova hamda Jaloliddin Dushanboev musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi. Batafsil:

SHpaga. Erkaklar:

1. Fayzullo Alimov (Toshkent)
2. Roman Aleksandrov (Namangan)
3. Avazbek Naimov (Buxoro)
3. Nodirbek Mo'minov (Andijon)

SHpaga. Ayollar:

1. Malika Hakimova (Toshkent)
2. Marjona Zubaydulloeva (Navoiy)
3. Yulduz Usmonova (Navoiy)
3. Veronika Rojkova (Toshkent)

Sablya. Erkaklar:

1. Jaloliddin Dushamboev (Toshkent viloyati)
2. Bobur Rasulov (Toshkent)
3. Fazil Genjaev (Qoraqalpog'iston)
3. Allaniyaz Eshanov (Qoraqalpog'iston)

Sablya. Ayollar:

1. Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog'iston)
3. Gulistan Perdabaeva (Qoraqalpog'iston)
3. Venera Israilova (Toshkent viloyati)
3. Sevinch Ismoilova (Toshkent shahri)

Oldinda sablya bo'yicha jamoaviy, rapira bo'yicha shaxsiy va jamoaviy bahslar turibdi. O'zbekiston kubogi bahslari 7 noyabr kuni yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing