So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

03 apr 15:13
Yangiliklar

Boshqalar

Qoraqalpoq yoshlari orasida ommaviy sport targ'iboti yanada kuchaymoqda

Qoraqalpoq yoshlari va ushbu hududda sport ommaviyligini oshirish yo'lida Respublika Jo'qorg'i Kengesi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'rtasida olib borilayotgan hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

MOQ vakili Mirsardor Alimov bir necha kun Qoraqalpog'istonda xizmat safarida bo'lib, Respublikaning bir nechta tumanlarida ommaviy sport targ'iboti bo'yicha qator ishlarni amalga oshirdi.

MOQ vakili dastavval “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasining mart oyligi yakuni bo'yicha tashkil qilingan tadbirda ishtirok etdi. Undan so'ng 2003 yil va undan kichik yosh toifasida tashkil qilingan boks bo'yicha Qoraqalpog'iston chempionatida bo'ldi. Ushbu musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlarga MOQning esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

SHundan so'ng Mo'ynoq yoshlari bilan ommaviy musobaqalar tashkil qilindi. «Talli o'zek» mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan BO'SMda Mo'ynoq yoshlari o'rtasida yugurish, erga tayangan holatdagi mashq (otjimanie), uzunlikka sakrash, turnikda tortilish, voleybol kabi musobaqalar bo'lib o'tdi. Unda 500 nafardan ortiq ishtirokchi o'z omadini sinab ko'rdi. Tadbir yakunida ushbu BO'SMda mo'ynoqlik yoshlarning shug'ullanishi uchun 50 million so'mlik sport inventarlari taqdim qilindi.

SHundan so'ng Qoraqalpog'istonning ikki umidli yosh sportchilarining xonadoniga tashrif buyurildi. Ulardan biri karatechi Gulsanam Orazbaeva bo'lib, u Bo'zatov tumanida istiqomat qiladi. Tuman hokimligi mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari bilan uning ijtimoiy vaziyati o'rganilib, yakunda uyi tamirlab beriladigan bo'ldi.

Mutasaddilar tashrif buyurgan navbatdagi manzil Xo'jayli tumanida istiqomat qiluvchi kurashchi Xadicha Najimovaning oilasi bo'ldi. Tadbirda Xo'jayli tumani hokimi Jenis Ermashev ham ishtirok etdi. Tashrif davomida uning ham oilaviy sharoiti o'rganilib, MOQ va hokimlikning sovg'alari taqdim qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing