12 iyu 13:12
Yangiliklar

"Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqasi poytaxtda ham o'tkazilmoqda FOTOGALEREYA
Unda Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Bektemir tumanlaridan kelgan dzyudochilar g'oliblik yo'lida o'zaro bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda yashnobodlik Ismoilov (-50 kg), CHoxuboev (-55 kg), Qurbonov (+90 kg), bektemirlik Akromjonov (-60 kg), mirobodlik Rustamov (-73 kg) hamda Mirzo Ulug'bek tumanidan Buchincev (-81 kg) birinchi o'rinni egallashdi.
G'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari F.Abduraimov, Sport vaziri Axborot xizmati rahbari N.Salomov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi masul xodimlari, sport maktabi direktorlari ishtirok etdi.
Ertaga Uchtepa tumani va Yangihayot tumanlarida Toshkent shahrining ikkinchi va uchinchi mintaqa bahslari o'tkaziladi.
Fikrlar