So’nggi yangiliklar

19:00"Усик фаолиятини якунлашини истардим" - Эдди Хирн 0 18:38ИНТЕРВЬЮ. "Чечен дўстларимнинг гаплари оғир ботди" — Холмурод Нурматов 0 18:16"Сўғдиёна" ўз футболчисининг товон пулини 1 миллион доллар этиб белгилаб қўйган экан 0 17:56Гусков, Уиттакер, "Гладиатор" ва бошқа UFC on ABC 9 турнири жангчилари медиа тадбирларни бошлашди + ФОТО 0 17:51"Холлоуэйнинг кейинги жанги чемпионлик учун бўлиши керак" - UFC чемпиони 0 17:24Ўзбекистон стол тенниси терма жамоасида хитойлик мураббийлар иш бошлаши мумкин 0 17:01Пётр Ян Двалишвили билан реванш истамоқда: "Мерабни мағлуб эта оламан" 0 16:39Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди 0 16:16Анкалаевнинг менежери Перейра билан реванш қачон бўлишини айтди 0 15:52Тбилисида қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати бошланди 0 15:31Тайсон Фьюри Дюбуа билан спарринг ҳақида қизиқарли воқеани айтиб берди 0 15:10Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди 0 14:49Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол марказида қурилиш ишлари қандай кетмоқда? 0 14:38Нурсултон Рўзибоев ва Хамзат Чимаев жангга бирга тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 14:18Терма жамоамиз "Катта Дубулға" турнири учун Мўғулистонга жўнаб кетди 0

20 jan 14:45
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Qozog'iston qishki Olimpiya o'yinlarida mamlakat nomi milliy tilda yozilgan ekipirovkada qatnashadi

Teglar :  Pekin-2022
Qozog'iston tarixida birinchi marta Olimpiya terma jamoasi ekipirovkalarida qozoq tilidagi mamlakat nomi – QAZAQSTAN paydo bo'ladi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasidan ekipirovkalarni xalqaro belgidan milliyga o'zgartirish uchun maxsus ruxsatnoma olingan. SHu bilan birga, Qozog'iston XOQning uch harfli kodlari ro'yxatida KAZ belgisi ostida qoladi. Sababi qisqartma xalqaro standartga muvofiq qo'llaniladi.

Qozog'iston MOQ Olimpiada ekipirovkasining eng muhim elementlaridan biri ona tilida qo'llanilishi bu - sportchilarga ishonch bag'ishlab, ular uchun hamyurtlarini qo'llab-quvvatlash ramziga aylanishiga ishonadi.

"Olimpiya o'yinlari, avvalo, do'stlik va tinchlik bayrami bo'lib, unda eng yaxshi sportchilar o'z mamlakatlari bayrog'i ostida bahslashadilar. Bu nafaqat ular uchun, balki o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashda birlashgan barcha muxlislar uchun muhim voqea. Olimpiada payti mamlakat nomini yozishda har qanday ekipirovkaga asosiy etibor qaratiladi, shuning uchun ona tilidagi «QAZAQSTAN» jahon hamjamiyati oldida jamoani va butun mamlakatni aniqlashda juda muhim qadamdir. Milliy belgini loyihalashda qozoq madaniyatining milliy elementlari, xalqning ananalari va o'ziga xosligini takidlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijlik hamkasblarimiz yangi belgini allaqachon iliq kutib olishdi. Ishonchimiz komilki, yangi formadagi bu element sportchilarimizga ham yoqadi. Olimpiyachilar Qozog'istonning xorijdagi muhim elchilaridir, shuning uchun hamyurtlarimiz terma jamoamizni – o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashiga umid qilamiz”, - deya takidladi Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi.

Sportchilar Pekindagi Qishki Olimpiya o'yinlariga yangilangan formada boradilar. Tez orada qozog'istonlik sportchilar uning qanday ko'rinishda ekanligini taqdim etishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston qishki Olimpiya o'yinlariga 1 ta yo'llanmani qo'lga kiritgan. Tog' chang'isi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Komil To'xtaevning Olimpiadada qanday epikirovkada ishtirok etishi borasida hali rasmiy malumot berilmagan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing