22 iyu 14:18
Yangiliklar

Terma jamoamiz "Katta Dubulg'a" turniri uchun Mo'g'ulistonga jo'nab ketdi
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qitasi 29 davlatidan jami 247 (148 erkak, 99 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan yo'llanmalar uchun bahs olib boradi. O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi navbatdagi cho'qqilarni zabt etish maqsadida Mo'g'ulistonga jo'nab ketdi.
Ulan-Batorga yo'l olgan tarkib:
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Fotimaxon Tursunboeva
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Nodira Yo'ldosheva
-70 kg: Farangiz Hojieva
ERKAKLAR
-60 kg: Doston Ro'ziev
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-66 kg: Artyom SHturbabin
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-81 kg: Amirbek Aminov
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: O'tkirbek To'raboev
Fikrlar