So’nggi yangiliklar

16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0

03 mar 19:13
Yangiliklar

Qilichbozlik

Rapirachi qilichbozlarimiz Belorussiyada Eng kuchlilar ochiq turnirida g'olib bo'lishdi

Teglar :  Qilichbozlik
1-19 mart sanasida qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Belorusiya terma jamoasi bilan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun (Belarus) Minsk shahriga tashrif buyurgan.

Ushbu xalqaro yig'inda terma jamoamiz azolarining ishtirokini taminlash sportchilarimizning oldindagi licenziya taqdim etuvchi turnirlarga, o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati hamda Olimpiya o'yinlari -2021 ga puxta tayyorgarlik ko'rishga qaratilganligini takidlash o'rinli.

Quvonarlisi, mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inining boshida O'zbekiston terma jamoasi vakillari rapira yo'nalishida Belorussiyada eng Kuchlilarning ochiq turnirida qatnashdi va u erda yaxshi natija ko'rsatishdi. 

Qizg'in musobaqalar davomida ayollar o'rtasida finalda g'olib chiqqan Umida Ilyosova belaruslik raqibi Lazareva-Skranjskaya Yanani engib,  1-o'rinni egalladi.  Hisob 15:11.

Erkaklar o'rtasida kechgan bahslar final bosqichida qilichbozimiz Solixoziev Axmadulloxon Belorusiya qilichbozi Bilaev Romanga 15:14 hisobida yutqazdi va 2-o'rinni egalladi.

Belorussiyadagi xalqaro yig'indan keyin bizning rapirachilar jamoasi Ukrainada 16-25 mart kunlari mashg'ulotlarni davom ettiradi. Mazkur xalqaro o'quv mashg'ulot yig'nlarida Ruminiya, shuningdek, Ukraina, AQSH terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Qilichbozlarimizni xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inining muvaffaqiyatli boshlanishi bilan tabriklaymiz hamda ularga omad va bo'lajak muhim startlarga zo'r tayyorgarlik ko'rishlarini tilaymiz!

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing