28 iyu 15:41
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Baxtiyor Zaynutdinov – "Dinamo M" futbolchisi
Hujumkor yarim himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov rasman Moskvaning "Dinamo" jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirildi.
Rossiya jamoasining ochiq sahifalarida Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi taqdimoti aks etgan video paydo bo'ldi.
Malumki, Zaynutdinov yangi klubida 19-raqam ostida maydonga tushadi.
"27 yoshli himoyachi bilan shartnoma 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Qozog'iston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar klubimiz safida 19-raqam ostida to'p tepadi", – deyiladi Moskva klubi xabarida.
Avvalroq Zaynutdinov tibbiy ko'rikdan o'tgan va transfer yakuniy bosqichda ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : fcdynamo.ru
Fikrlar