24 iyu 14:30
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Ulaanbaatar Grand Slam turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qitasi 28 davlatidan kelgan jami 236 (142 erkak, 94 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan yo'llanmalar uchun bahs olib boradi.
Biroz avval musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkazilib, dzyudochilarimiz ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. Ulan-Batar tatamilarida terma jamoamizning 12 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Ulbusin Hakimova - Mishil Altanshagai (Mo'g'uliston)
-52 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Glafira Borisova (IJF)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova - Tolganay Abeuova (Qozog'iston)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - CHjou Czya (Xitoy)
ERKAKLAR
-60 kg: Doston Ro'ziev - Richard Vergnes (Franciya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Bilet Erdenetsogt (Mo'g'uliston)
-66 kg: Artyom SHturbabin - Baurjan Narbaev (Qozog'iston)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Mate Beruashvili (Gruziya)/ Lin Gaoxuey (Xitoy)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Abdul-Kerim Tasuev (IJF)/Almazjan uulu Tegin (Qirg'iz Respublikasi)
-81 kg: Amirbek Aminov - Kote Kapanadze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov - Dagvadorj Tserendulam (Mo'g'uliston)/Li Nam Xun (Koreya Respublikasi)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Mansur Rahmon (Tojikiston)/Hangarid Gantulga (Mo'g'uliston)
Fikrlar