So’nggi yangiliklar

22:22"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси Эронни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди 0 22:20Навбаҳор Ҳамидова Ливерпулдаги ЖЧни муваффақиятли бошлади 0 19:18Тўрабек Хабибуллаев ЖЧ чорак финалига йўл олди, навбатдаги рақиб Қозоғистондан бўлади 0 18:30Жозеф Паркер Фабио Уордли билан жанг қилади, сана ва манзил аниқ 0 18:09Бокс. Шавкатжон Болтаев камбэк амалга ошириб, ЖЧ учинчи босқичига йўл олди 0 17:53ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади (ФОТО) 0 17:32Алекс Перейра UFC’да вазн тоифасини ўзгартириши мумкинлигини айтди 0 17:10WTA рейтинги. Соболенко пешқадамлигини мустаҳкамлади. Тўрт теннисчимиз юқорилади 0 16:48ЖЧ-2025. Нигина Ўктамованинг ғалабали юриши давом этади: боксчимиз чорак финалга йўл олди 0 16:37Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум 0 16:16Дональд Трамп кузатган, Алькараз навбатдаги чемпионликни қўлга киритган US Open финалидан ажойиб суратлар (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:55Рой Жонс Усикни мағлуб эта оладиган боксчи кимлигини айтди 0 15:32Формула-1. Макс Ферстаппен – Италия Гран-приси ғолиби! 0 15:10Жанни Инфантино Олимпия шаҳарчасига ташриф буюрди (ФОТО) 0 14:48Илия Топурия Теренс Кроуфордни нокаут қилишга тайёрлигини айтди 0

27 dek 19:36
Yangiliklar

Futbol

"Real" Mendini sotmoqchi

Teglar :  Mendi
Nomzodlar tayyor.

So'nggi xabarlarga ko'ra, "Real" yangi transfer oynasiga tayyorgarlikni boshlagan va tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Klub rahbariyati himoyani kuchaytirishga urg'u bermoqchi va shu sabab himoyachi Ferlan Mendining klubdan ketishi hakida gap-so'zlar ko'paya boshladi. Franciyalik qanot himoyachisi asosiy tarkibda ko'p o'ynayotganiga qaramay, uning klubdagi kelajagi porloq emas va Peres uning o'rniga yangi nomzodlarni qidira boshlagan.

Ispan nashlarining yozishicha, Mendining o'rniga ikkita ehtimoliy nomzod bor – "Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis va "Jirona" vakili Migel Guterres.

Migel Guterres asli "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o'tgan mavsumlarni "Real"ning turli toifadagi yoshlar jamoasida o'tkazgan, uning "qaymoqranglilar" safidagi oxirgi manzili "Real Madrid B" jamoasi edi. Yozda Guterres "Jirona"ga ko'chib o'tdi va bu mavsum ushbu klub safida harakatlanmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Real" o'yinchining bu mavsumdagi harakatlarini kuzatib, 2023 yil yozda sotib olish bo'yicha so'nggi qarorni qabul qiladi. Agar transfer amalga oshsa, transferning taxminiy miqdori 20 million evroga teng bo'ladi. 21 yoshli o'yinchi ushbu mavsum La Ligada 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z nomiga 2 ta golli pas yozdirib qo'ydi.

"Real"ning chap qanot himoyasini kuchaytirishi mumkin bo'lgan ikkinchi nomzod – "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis. Klub Prezidenti Florentino Peres kanadalik himoyachini klubning yaqin yillardagi eng katta transferlaridan biri bo'ladi deb hisoblamoqda. "Real" Devisni 2024 yil yozida o'z safiga qo'shib olmoqchi, bunga sabab uning "Bavariya" bilan bo'lgan amaldagi shartnomasidir, kanadalik o'yinchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. "Qirrolik klubi"ning rejasiga ko'ra Devisga bo'lgan talab va uning transfer bozordagi narxi 2024 yilda shartnomasi tugashiga bir mavsum qolganda ancha pasayadi. SHu sabab Madrid klubi uni 2024 yilda sotib olishni rejalashtirmoqda. Ustiga ustak Devisning atletik qobiliyatlari "Real"ni qiziqtirmoqda va bu futbolchining Kanada terma jamoasi safida namoyish etgan liderlik qobiliyati ham, qolgan nomzodlar bilan solishtirganda Alfonso tomoniga katta ustunlik bermoqda. Devis joriy mavsum myunxenliklar safida 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z nomiga 1 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo'ydi. Jahon chempionatida esa 3 ta uchrashuvda 1 ta gol urishga erishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing